Norak suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norak suv ombori - Oʻrta Osiyodagi yirik gidrotexnika inshooti. Tojikiston Respublikasi hududida, Vaxsh daryosida Norak GES toʻgʻoni qurilishi natijasida vujudga kelgan. 1972-yildan suv toʻldirila boshlangan. Energetika-irrigatsiya maqsadlaridagi gid-rouzelning tarkibiy qismi hisoblanadi. Maydoni 98 km², hajmi 10,5 km!, uz. 70 km, eng keng joyi 1 km, oʻrtacha chuq. 107 m, suv ombori sathi 53 m chamasida oʻzgarib turadi. Norak suv omborio. daryo rejimini mavsumiy tartibga soladi. Dasht va choʻllarni oʻzlashtirish hamda 1 mln. ga yaqin yerni sugʻorish imkonini bergan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil