Timsohlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Timsohlarsuvda yashovchi sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi kaltakesakka oʻxshash, uz. 2–7 m, boshi yassilashgan, tumshugʻi uzun. Koʻzlari va burun teshiklari boshi ustidan boʻrtib chiqib turadi. Burun va quloq teshiklari suvda yopiladigan klapanlar bilan taʼminlangan. Ogʻiz boʻshligʻida ikkilamchi tanglay boʻladi. Tishlari yirik. Tili ogʻiz tubiga yopishgan. Dumi uzun va baland (ikki yondan yassilashgan). Orqa oyoqlari barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Terisi qattiq va qalin, muguzsimon yirik plastinkalar bilan qoplangan. Muguz plastinkalar ostida suyak plastinkalar joylashgʻan. T. yuragi 4 kamerali boʻlishi bilan boshqa sudralib yuruvchilardan farq qiladi. Oʻpkasi yaxshi rivojlangan. Erkaklari kloakasi orqa qismida toq jinsiy organ joylashgan. Alligatorlar, gaviallar va haqiqiy timsoxlar oilalariga boʻlinadi.

T. oilasiga 3 urugʻ va 15 ga yaqin tur kiradi, jumladan, nil T.i (uz. 7 m gacha) tropik Afrika daryo, koʻl va botqokliklarida; tarokli T. (uz. 6 m gacha) Jan.Sharqiy Osiyo, Malayya arxipelagi orollari, Shim. Avstraliya va Yangi Gvineyadagi daryolarning quyilish joylari va dengiz sohillarida tarqalgan. T. hayotining koʻp qismini suvda oʻtkazadi; asosan, tunda faol. Balikdar, sut emizuvchilar, qushlar va suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Nil T.i va tarokdi T. odam uchun xavfli. Urgʻochi T. qirgʻokdagi qum yoki chiriyotgan barglar orasiga 20—100 tuxum qoʻyadi; nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. T. goʻshti yeyiladi, terisidan qimmatbaho terigalantereya buyumlari tayyorlanadi. Koʻplab ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. 26 turi va kenja turi (jumladan, 15haqiqiy T.) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Bir qancha mamlakatlar (AQSH, Kuba, Yaponiya, Keniya)da T.ni koʻpaytiradigan pitomniklar mavjud.