Alligatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alligatorlar (Alligator) — timsohlar turkumining bir urug‘i. Ikki turi: Missisipi va Xitoy A. bor. Mis-sisipi A. yoki cho‘rtan A. (A. missisipiensis) Shim. Amerikaning janubi-sharqida tarqalgan, bo‘yi 4,6 m ga yaqin, oldingi oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Xitoy A. (A. sinensis) Yanszi daryosi-ning quyi oqimida tarqalgan, bo‘yi 2,5 353m ga yaqin. A.ning asosiy ozig‘i baliq, odamga hujum qilmaydi. May oxiri va iyun boshida urchiydi. Urg‘ochisi 20—60 dona tuxum qo‘yadi. A. 85 y.gacha umr ko‘radi. Bir vaqtda A. Shim. Amerikada ko‘p edi. Terisi uchun ko‘plab ovlangani-dan hozir kamayib ketgan. A.ning osh-langan terisidan sumka, chamadon, egar qoplamasi kabi buyumlar tayyorlanadi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. AQSH va Kubada Missisipi A. maxsus fermalarda boqiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil