Shuhrat Sirojiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov
Tavalludi 23-iyul 1961-yil (1961-07-23) (62 yosh)
Samarqand, Kattaqoʻrgʻon tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi matnshunos va adabiyotshunos
Ish joylari Samarqand davlat universiteti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi
Imom Buxoriy Xalqaro Jamg'armasi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Oʻzbekiston milliy universiteti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor, akademik
Mukofotlari


Oʻzbekiston Respublikasi Adabiyot sohasida I — darajali davlat mukofoti[1]

Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot sovrindori[2]
Veb-sayt https://tsuull.uz

Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov (1961-yil 23-iyul, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani) — taniqli navoiyshunos va manbashunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi — akademik[3]. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

19781984-yillarda Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand filiali hamda Oksford islom tadqiqotlari markazida (Buyuk Britaniya) ham ilmiy tadqiqotlar olib borgan[4].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987 — 1993-yillarda Samarqand davlat universiteti oʻqituvchisi, 19931998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimining katta ilmiy xodimi, bosh ilmiy kotibi boʻlgan. 1998 — 2003-yillarda ,,Imom Buxoriy" xalqaro jamgʻarmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, 2003 — 2005-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri, 2005 — 2012-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori, 2012 — 2014-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori boʻlgan. 20142015yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori, 2015 — 2016-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan[5]. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 13-maydagi farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilishi belgilangan[6][7]. Yangi tashkil etilgan universitetga Shuhrat Sirojiddinov rektor qilib tayinlangan[8]. 2016-yildan hozirgi vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Mukofotlari va ilmiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sirojiddinovning 300 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari eʼlon qilingan, jumladan, u 15 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 13 ta monografiya, 230 ta ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir[9]. Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlangan[10][11][12]. Samarqand shahrida o‘tkazilgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish to‘g‘risida MDH PA Kengashining qarori qabul qilingan. Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirilgan. „Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik,  tekstologik tahlili“ monografiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot sohasida 1-darajali Davlat mukofoti laureati boʻlgan(2013). 2021-yilda Shuhrat Sirojiddinovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni topshirilgan.

Ozarboyjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori[13][14]. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti faxriy professori (Rossiya)[15]. Shuhrat Sirojiddinovning saʼy-harakatlari bilan 2023-yilning 4-oktabr kuni Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh davlat universitetida Oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi va shu kunning oʻzida unga Oʻsh davlat universiteti faxriy professori unvoni topshirildi[16]. Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro assotsiatsiyasining hamraisi (Koreya). New York Fanlar akademiyasi aʼzosi. Kaliforniya Fanlar akademiyasi aʼzosi. Yevroosiyo turkiy tadqiqotlar instituti ilmiy maslahatchisi (Koreya). Filologiya fanlari boʻyicha doktorlik ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash raisi (Toshkent, Oʻzbekiston). Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi doktorlik ilmiy darajasini berish boʻyicha kengashlar aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Atamashunoslik komissiyasi rais oʻrinbosari. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi[17]. Saylovlar boʻyicha Butun jahon Assotsiatsiyasining 2015-yil avgust oyida Koreyada oʻtkazgan seminarida Oʻzbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilgan. Buyuk Britaniyada 2015-yil may oyida boʻlib oʻtgan Parlament saylovlarida Oʻzbekiston nomidan kuzatuvchilik qilgan. 2023-yil 23-dekabrda Shuhrat Sirojiddinov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi va unga akademik unvoni berildi[18].

Xalqaro ilmiy jurnallardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sirojiddinov “Turkologiya” (Ozarbayjon), “Müqayiseli edebiyyatşünasliq” (Ozarbayjon), “The Journal of Eurasian Turkic Studies” (Koreya), “The World of Central Asia. International Journal of Humanities” (O‘zbekistan) “Jahon adabiyoti” (O‘zbekiston), “Karabuk degrisi” (Turkiya), “Zvezda Vostoka” (O‘zbekiston), “Imom Buxoriy saboqlari” (O‘zbekiston), “Filologiya masalalari” (O‘zbekiston), “Yer yuzi” (O‘zbekiston), “Yoshlik” jurnallari (O‘zbekiston) kabi ilmiy nashrlar tahririyati a’zosi hisoblanadi.

Muharrirlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

20122014 — „Xorijiy filologiya“ jurnali bosh muharriri. 20142016 — „OʻzMU xabarnomasi“ bosh muharriri 2018 — hozirga qadar — „Oltin bitiklar“ jurnali bosh muharriri. 2019 — bugungi kungacha – xalqaro „Uzbekistan: Language and culture“ jurnali bosh muharriri.

Navoiyshunoslik va oʻzbek adabiyotining targʻiboti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sirojiddinovning qator monografiyalari Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan. 5 nafar fan doktori va 11 nafar filologiya boʻyicha falsafa doktoriga ilmiy rahbarlik qilgan. „Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili“ fundamental monografiyasida Alisher Navoiyning turkiy xalqlar madaniyatiga qoʻshgan hissasi ochib berilgan.

Turkologiyani rivojlantirishdagi xizmatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sirojiddinov Oʻzbekiston va turkiy tilli davlatlar oʻrtasida taʼlim va gumanitar sohalar, shuningdek, madaniy aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekiston va Turkiya, shuningdek turkiy tilli davlatlarning ilm-fan sohasi va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarini rivojlantirishga bevosita oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Sirojiddinov boshchiligida AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Afgʻoniston universitetlarida oʻzbek tilini oʻqitish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, uning boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qisqa vaqt ichida bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan, ToshDOʻTAU dunyoning 50 dan ortiq taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi, 3 ta xalqaro assotsiatsiya (Koreya: Markaziy Osiyoni oʻrganish xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiya: Butunjahon universitetlar assotsiatsiyasi, AQSH: Oʻzbekiston-Amerika jamiyati) aʼzosiga aylandi; Rossiya, Xitoy, Hindiston, Ozarbayjon Respublikalarida Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazlari ochildi[19].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sirojiddinov taniqli navoiyshunos va manbashunos olim. Uning Alisher Navoiy ijodini oʻrganish va tahlil qilishga oid bir qancha asarlari mavjud. Bular — „Alisher Navoiy aqidalari“, „Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik tekstologik tahlili“, „Mir ‘Alī Shīr Navā’ī the Great“, „Navoiy navosidan bahra olib“, „Navobaxsh baytlar jozibasi“[20], oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan „Navoiyshunoslik“ darsligi, „Amir Alisher“, „Ilm va tahayyul sarhadlari“, „Navoiy Zamondoshlari eʼtirofida“[21] kabilardir[22]. Bundan tashqari matnshunoslikka oid „Matnshunoslik saboqlari“, „Oʻzbek matnshunosligi qirralari“, shu bilan birga „Hijriy va milodiy yillarni oʻzaro tabdil qilish usullari“, „Islom falsafasiga kirish: Kalom ilmi“, „Ozbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari“, „XV - XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini“, „Религии мира“, „Mavlono Lutfulloh“, „Soʻfi Olloyor ilohiyoti“, „Sheʼriyatda inson ruhiy kamoloti talqini“, „Oʻrta osiyolik allomalarning falsafiy qarashlari“, „Ilm va taxayyul sarhadlari“, „Bagʻrikenglik dinlarning maʼrifiy asosi“ va „Badiiy tarjima asoslari“ kabi bir qator asarlar muallifi[23].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich“. Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
  2. „Премия МПА СНГ имени Чынгыза Айтматова вручена доктору филологических наук Шухрату Сирожиддинову“. culture.akipress. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  3. „Об утверждении действительных членов Академии наук Республики Узбекистан“. president.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
  4. „Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori“. tsuull.uz. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.
  5. „Новый ректор Национального университета Узбекистана“. Anhor.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  6. „Создается Университет узбекского языка и литературы“. Gazeta.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  7. „O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topishi rasman ma’lum qilindi“. Daryo.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  8. „O‘zMU rektori Shuhrat Sirojiddinov O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga rektor bo‘ldi“. Daryo.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  9. „Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori“. tsuull.uz. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.
  10. „O‘zbek adabiyotshunos olimi Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi“. Sputniknews.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  11. „Узбекский учёный получил премию Чингиза Айтматова“.
  12. „Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot topshirildi“.
  13. „Shuhrat Sirojiddinov Turkiyadagi institut faxriy doktori“. UZA.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  14. „Шуҳрат Сирожиддинов Озарбайжондаги институт фахрий доктори“.
  15. „SHUHRAT SIROJIDDINOV NIJNIY NOVGOROD DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI UNVONINI OLDI“.
  16. „ОшМУда “Өзбек тили жана маданияты” борбору ачылды“. oshsu.kg. Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
  17. „CEC MEMBERSHIP“. Saylov.uz. 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  18. „O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi akademiklar tasdiqlandi“. oyina.uz. Qaraldi: 23-dekabr 2023-yil.
  19. „Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyada oʻzbek adabiyotini oʻrganishni tashkil etishda hamkorlikni kuchaytiradi“. gov.uz. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  20. „Shuhrat S Sirojiddinov“. academia.edu. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  21. „Shuhrat Sirojiddinov. Alisher Navoiy zamondoshlari e’tirofida.“. Xurshid Davron.uz kutubxonasi. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  22. „SCIENTIFIC SCHOOL OF SHUHRAT SIROJIDDINOV“. tsuull. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
  23. „Shuhrat S Sirojiddinov“. academia.edu. Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]