Akademik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik — ayrim mamla-katlarda yuksak ilmiy unvon. O‘zRda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka-demiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida A.lar saylanadi. A. lik unvoni O‘zbekiston Respublika-si FA, O‘zbekiston Respublikasi BA va b. ilmiy hamda o‘quv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi.O‘zbekiston Respublikasi FAda A.lar ilm-fanni jahon ando-zalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlar b-n boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomoni-dan tan olingan maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlan-tirish va kuchaytirishga javob beradi-gan, yoshi 65 dan oshmagan O‘zR fuqarosi bo‘lgan fan d-rlaridan saylanadi. FA akademigi i.t.larda faol ishtirok etadi; tadqiqotlarning istiqbolli va ilg‘or yo‘nalishlarini shakllantiradi va fan-ning o‘zi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun mas’uddir; yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassis-lar tayyorlash ishlarida, ilg‘or ilmiy maktablarni shakllantirish va rivoj-lantirishda bevosita ishtirok etadi; i.tlarni amalga oshirishda, yuqori mala-kali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini o‘z ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashki-lotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda o‘zi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda FA ga taqsim etadi; FA Hay’ati, FA prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy ko-tibning topshiriqlarini bajaradi, FA ning Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi. A.lar FA ilmiy muassasala-rida i.t. ishlarini bajarish, FA ilmiy muassasalarida tanlovdan o‘tmasdan il-miy lavozimlarni egallash, o‘zining il-miy asarlarini nashr etish, FA Umumiy majlisi va Hay’atida ko‘rib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalar-ni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish, belgilangan tartibda A.likka nomzodlar ko‘rsatish, vitse-pre-zidentlar huzuridagi Ilmiy kengash-lar faoliyatida, ular fanning qaysi yo‘nalishiga taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish, vitse-prezi-dentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar ki-ritish huquqiga egadirlar. FA A.lari akademiklik unvoni uchun har oyda bel-gilangan gonorar oladilar va belgi-langan huquq va imtiyozlardan foyda-lanadilar. A.likka saylovlar FA ning Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li b-n o‘tkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis a’zolarining kamida 2/3 qismi ovozini olgan nomzodlar say-langan hisoblanadilar. Ixtisosliklar bo‘yicha A.likka nomzodlar ko‘rsatish huquqi A.lar, i.t. va oliy ta’lim muas-sasalari ilmiy kengashlariga beriladi. FA da akademiyaning xorijiy a’zosi unvoni ham mavjud. FA ning xorijiy a’zolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, O‘zR xalq xo‘jaligi 251va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, xalqaro hamkorlikka, tin-chlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolardan say-lanadi. FA ning xorijiy a’zolari Hay’atning taqdimnomasiga binoan FA ning Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yo‘li b-n saylanadi. FA ning xo-rijiy a’zolari A.larga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademi-yaning rahbariyatiga saylanish, A.larni saylashda ovoz berish, A.lik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno.O‘zbekiston Respublikasi B A da A.lar milliy, tasviriy, amaliy san’-at, dizayn, san’atshunoslik sohalarini yirik asarlari b-n boyitgan va o‘z ijo-di, ilmiy, pedagogik faoliyati b-n soha taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo‘shayotgan, o‘zbek madaniyati va san’atining kelaja-gi uchun munosib, yuqori malakali muta-xassislar tayyorlashda katta yutuklarga erishgan, yoshi 65 dan oshmagan ijodkor-lardan saylanadi. BA haqiqiy a’zosi akademiya raisi, Boshqaruv kengashi va tegishli A. bo‘limlarning qaror, buyruq, topshiriqlarini bajarishi, san’atni yuksak, yorkin ijodiy va ilmiy yutuqlar hamda kashfiyotlar b-n boyitishi, san’-at yoki san’atshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, san’at va san’atshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishi lozim. BA a’zola-ri akademiya tarkibida yaratilgan sha-roitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash, akademi-yaning ijodiy, ilmiy, o‘quv muassasa-laridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egal-lash, ijodiy, ilmiy asarlarini taqdim etish, chop ettirish, akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy ma-salalar, takliflar b-n murojaat qilish va muxrkamada ishtirok etish huquqiga egadirlar. A. likka saylovlar Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi va aka-demiyaning Boshqaruv kengashida yashirin ovoz berish yo‘li b-n o‘tkaziladi. Ovoz berishda katnashgan haqiqiy a’zolar-ning kamida 50% ovozini olgan nom-zodlar saylangan hisoblanadilar. Ovoz berishda Boshqaruv kengashi a’zolari-ning 2/3 qismi qatnashishi shart. Nom-zodlarni davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tash-kilotlar, madaniyat va san’at sohasidagi oliy o‘quv yurtlari ko‘rsatishi mumkin. BAda akademiyaning faxriy va xorijiy a’zosi unvonlari ham mavjud. BAning faxriy a’zosi etib vatan va jahon madaniyati, san’ati oldi-dagi xizmatlari uchun yoshi 65 dan oshgan soha namoyandalari saylanishi mumkin. BAning xorijiy a’zosi jahon madani-yati, san’ati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan xorijiy arboblardan saylana-di. Akademiyaning dastlabki haqiqiy, faxriy va xorijiy a’zolari Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi tavsiya-lari asosida O‘zR Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil