Rivaldo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rivaldo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rivaldo Vítor Borba Ferreira
Tavallud sanasi 19-aprel, 1972 (1972-04-19)
(41 yoshda)
Tavvalud joyi    Paulista, Braziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi 187 sm
Ampluasi hujumdagi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Bunyodkor PFK
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Paulista
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1988–1991
1991–1992
1992–1993
1993–1994
1994–1996
1996–1997
1997–2002
2002–2003
2003–2004
2004–2007
2007–2008
2008–2010
2011br<br
Paulista
Santa Kruz
Moji Mirim
Korintians
Palmeyras
Deportivo La-Korunya
Barselona
Milan
Kruzeyro
Olimpiakos
AEK Afina
Bunyodkor
Jami
0 (0)
20 (10)
30 (10)
9 (20)
100 (50)
41 (21)
160 (90)
22 (5)
2 (1)
74 (35)
52 (26)
40 (25)
   
Milliy terma jamoa

1993–2003
Braziliya Y-20
Braziliya
9 (1)
86 (36)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Rivaldo Vítor Borba Ferreira (talaffuzi: Rivaldo Vitor Borba Ferreyra 1972-yil 19-aprel kuni Paulista, Braziliyada tugʻilgan koʻproq Rivaldo ismi bilan mashhur) — Braziliyaning eng yaxshi professional futbolchilaridan biri hisoblanadi, hozirda Oʻzbek Oliy Ligasida Bunyodkor futbol klubi uchun toʻp surmoqda. U besh yil davomida ispan klubi FC Barcelona tarkibida oʻynab, 1998 va 1999-yillarda Ispaniyaning La Liga chempionatida va 1998-yilda Copa del Rey chempionatida gʻolib boʻlgan. 2004-yili FIFA mukofotlari taqdimotida u Pelé tomonidan hozirgi kundagi 125 ta Eng Yaxshi Futbolchi roʻyxatiga kiritildi.


Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

RIVALDO: OQ-QORA QISMAT


...1989 yil 6 yanvarda ro‘y bergan hodisa hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni uning otasi bir necha oydan buyon berilmayotgan maoshini olib, uyiga oshiqayotganda, avtobus tagida qolib ketdi. Rivaldo esa 6 yanvar kuni ertalab shtab o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olinmasligini eshitib, otasiga endi nima deyishi haqida o‘ylardi. Uyiga kelgandan keyin esa...


Marvaridlar o‘lkasi

Braziliya — o‘zining go‘zal tabiati, shaharlari, plyajlari, teleseriallari bilan tanilgan mamlakat. Ammo dunyo Janubiy Amerikadagi ushbu ulkan davlatni uning futbol va futbolchilari orqali ko‘proq tanigan va tan olgan. Amazonka daryosi o‘z tomirlarini yoygan dalalarda, puma yirtqichi chorvaga oralagan yaylovlarda, Atlantika okeani sohilini yuvgan oltin qumlarda o‘sib-ulg‘aygan minglab charm to‘p ustalari ana shu qum zarralari singari Yer yuzasining turli burchaklariga sochilib ketishadi. Taqdir shamoli ularni shu ko‘yga soladi. Sabr-bardosh g‘alviridan o‘ta olganlarigina yo‘lida davom etadilar. Braziliyada bu qadriyatga aylangan. Vaqti kelib ana shu qumlarning orasida, tub-tubida yashirinib yotgan marvaridlarni ham shabboda yuzaga chiqaradiki, ulardan taralgan yorqin nur nafaqat ko‘zni qamashtiradi, balki qalbga hayajon baxsh etadi. Uni uchirib ketishga shamolning qurbi yetmaydi, chunki bu kabi marvaridlarda salmoq va baho bo‘ladi, shuning uchun ularni qidiradilar, topganlar quvonadi, topmaganlar xo‘rsinadi, qo‘lga kiritganlar xursandligidan do‘ppisini osmonga uloqtiradi, uni bir marta bo‘lsa ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganlar — ushlay olmaganlar armonda qoladi. Yulduz darajasiga ko‘tarilish uchun tinimsiz harakatlarning o‘zi kam, uning uchun tug‘ma iqtidorni omad va baxt bilan uyg‘unlashtira olish kerak. Aslida yulduz bo‘lish uchun maxsus retsept yo‘q. Rivaldo bilan suhbatlashgan inson shunga ishonch hosil qilgan holda, barcha qonuniyatlar mashhurlardan keyin paydo bo‘lganiga amin bo‘lishadi. Undan gap olishning o‘zi qiyin, yetti o‘lchab so‘ng so‘zlaydigan qahramonimizning portugal tili bilan ispanchani aralashtirib gapirishi suhbatdoshni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Shunda futbolchining o‘zi hamma yaxshi ko‘radigan mavzuga murojaat etadi: “Mening xotiram hali yaxshi ishlaydi. 10—15 yil oldin meni hech kim o‘z jamoasida ko‘rishni istamas, meni go‘yo hamma tark etgandi. O‘z-o‘zimga do‘st, o‘z-o‘zimga dushman edim o‘shanda. Hatto Pernambuku shtatining Resifi shahri o‘smirlar jamoasida to‘p surgan paytlarimda ham muxlislar meni “maymoq o‘rdak” deb haqorat qilishdan charchashmasdi”. Shunday qilib, Rivaldo Yevropaga yo‘l olguncha ko‘p sargardon bo‘lgandi.

----

Shirin-achchiq bolalik

Rivaldoning g‘amgin bug‘doy rang yuzida hamon unga qiyinchiliklarni yengishni o‘rgatgan hayotni sevuvchi bir beg‘ubor bolakay yashaydi. Bolaligida uning kelajagi yo‘q ekanini ko‘p ta’kidlashgan, murabbiy va boshqaruvchilar ham Rivaldoning o‘yinlariga qiziqish bilan qarashmagan. Uning chin do‘sti, istiqboli haqida qayg‘urgan yagona inson otasi edi. Resifi hokimining kotibi, tug‘ilishidan to vafotigacha futbol bilan yashagan Romildo Vitor Gomesh Ferreyra uch o‘g‘liga qofiyadosh qilib Rikardo, Rinaldo va Rivaldo deb ism qo‘ydi. Kenjatoy 1972 yil 19 aprel kuni dunyoga kelgandi. Ota farzandlarining har uchalasi ham futbolchi bo‘lishini istagan edi. Orzuni amalga oshirishga faqatgina uchinchi o‘g‘il bel bog‘ladi. Eng nimjon, kasalmand, g‘amgin Rivaldo qaerga bormasin otasi olib bergan to‘p uning sirdoshi va ovunchog‘i edi. “Otam meni nima uchundir juda yaxshi o‘ynaydi, deb hisoblardi, —deya jilmayib eslaydi u. — Aslida jamoadagi hamma bola deyarli mendan yaxshi o‘ynardi. O‘n yoshimda otam menga oilamiz bilan muxlislik qiladigan shtatning “Santa Krus” klubi maykasini sovg‘a qildi, yana butsi ham. O‘shanda quvonchdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmagandim”. 1989 yil 6 yanvarda ro‘y bergan hodisa hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni uning otasi bir necha oydan buyon berilmayotgan maoshini olib, uyiga oshiqayotganda, avtobus tagida qolib ketdi. Rivaldo esa 6 yanvar kuni ertalab shtab o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olinmasligini eshitib, otasiga endi nima deyishi haqida o‘ylardi. Uyiga kelgandan keyin esa... Dafn etish marosimidan so‘ng, ko‘zlarida yosh qolmagan kenja o‘g‘il futbolni butunlay tark etishga chog‘landi. Ona o‘g‘lini bag‘riga bosib, odatiy mashg‘uloti bilan birga qolishga ko‘ndirdi. Shundan so‘ng, u volidasini rozi qilish uchun o‘zi istiqomat qiladigan Xardim Paulist qo‘rg‘onidagi juda ham kuchsiz jamoa “Baia” tarkibiga olishlarini so‘radi. 19 yoshida maktabni bitirib, “Baia”da to‘p tepib yurgan o‘smirni Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Santa Krus” klubi nima uchundir o‘z tarkibiga chaqirib qoldi. U yerda ham Rivi bergan so‘zining ustidan chiqish uchun haqorat va dashnomlarga chidadi. “Har doimgidek bolalar mendan hamma tomonlama kuchli edi”, — deydi u keyinchalik. Rivaldoni 1992 yili “Santa Krus”dan unchalik ham tanilmagan “Moji-Mirim” klubi deyarli tekinga sotib oldi. Unga yangi joyda choy pulidan boshqa hech narsa berishmadi. Hujumchi 27 o‘yinda bor-yo‘g‘i 9 ta gol urdi. Shuning uchun yangi naynov o‘yinchini gimnastika zaliga jo‘natishdi.

----

Ota ishonchi va ona duosi bag‘ishlagan kuch

Sport majmuasi uni butunlay o‘zgartirib yubordi. Uni zaldan olib chiqishning o‘zi mushkul vazifaga aylandi, Rivi muskullarini chiniqtirishda madori quriguncha davom etdi. Bolalikning quvonchli va alamli xotiralari, otasining so‘nggi so‘zlari, onasining duolari Rivaldoga madad berdi. Qisqa vaqt ichida mashqlar samara bera boshladi. O‘yinning chiroyi ochildi, ketma-ket gollar kiritila boshlandi. Mashhur klub “Korintians” rahbariyati vaqtinchalik tavakkalga qo‘l urmaslik uchun, uni 1993 yilda 250 ming dollar evaziga ijaraga olib turdi. Kunlar o‘tib kuchli, samarali va mohir o‘yinchiga aylana boshlagan Rivini yangi klubda yana yarim yilga qolishga ko‘ndirishdi. U 41 marta maydonga tushib 17 bor raqiblarini “xafa qildi”. Baxti chopib, milliy terma jamoaga ko‘rikka taklif qilindi. Rivaldoning oldingi klubi mutasaddilari ishonch bilan shunday deyishdi: “Rivaldo kerak bo‘lsa, avval 4 million to‘lab qo‘ying”. “Korintians”, tabiiyki, taklifni rad etdi. Odatdagidek sahnaga chiqqan uning asosiy raqobatchisi “Palmeyras” uzoq tortishuvlardan so‘ng Rivaldoni 2,4 million dollar evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘shanda Rivaldoning sevinchi yuragiga sig‘may: “Bu “Barsa” Figuni qo‘lga kiritish uchun sarflagan puldan ko‘proq ma’noga ega!” degandi. Mazkur so‘zlar bolalikning achchiq xotiralari sari eltguvchi jarohatlarga sal bo‘lsa-da malham bo‘ldi, yurakdagi g‘uborlar tarqadi. 1994—1996 yilgi mavsumlarda 104 o‘yinda 53 ta gol urib, mamlakat birinchiligida klubining eng yuqori o‘rinni olishiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, 1994 yilda AQShda o‘tkazilgan navbatdagi jahon chempionatiga jalb etilgan tarkibda nima uchundir uning ismi yo‘q edi.

----

“Rivaldo — Pele”

“Rivaldo — Pele”

1996 yilda u Braziliyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Futbolchining mashhurligi va mahorati yevropalik selektsionerlarning boshini aylantirib qo‘ydi. “Kavasaki”dek kompaniya homiylik qilgan “Parma” Rivini o‘ziniki qilib olishga shoshildi, italiyaliklarning bu boradagi asosiy raqibi La-Korunyaning “Deportivo”si edi. Rivaldo ham turmush o‘rtog‘i bilan nafaqat Ronaldo, Romario, Bebeto kabi yulduz o‘yinchilar, balki oddiy va o‘rtamiyona futbolchilar to‘p surayotgan ko‘hna qit’aga yo‘l olish haqida orzulardi. Faqat u, onasi aytganidek, o‘z vaqtini kutdi. Qisqa vaqt o‘tib, Atlanta shahri yozgi olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qildi. Bosh murabbiy Mario Zagalo terma jamoaga Romarioni olmay, uning o‘rniga Rivaldoni taklif etdi. Muxlislarning bu harakatdan qoniqmaganini eshitgan Zagalo shunday degandi: “Rivaldo — Pele. Kim buni ko‘rmayotgan ekan, demak, uning ko‘zlari ojiz”. Murabbiyning mazkur xatti-harakati Rivaldoning ahvoliga maymunlar yig‘lashiga sabab bo‘ldi. Yarim finalga chiqqan “sariq devlar” nigeriyaliklarga Rivaldoning xatosi tufayli imkoniyatni boy berdi. Gazetalar va televidenie unga tanqid va malomat toshlarini yog‘dirishdi. Xardim Paulistda esa bechora ona va qarindoshlar bir necha kun haqoratlarni eshitmaslik uchun eshikdan tashqariga chiqishmadi. Braziliyada mana shunaqa. Xullas, kenjatoy ketishning eng qulay imkoniyati paydo bo‘lganini sezib, undan foydalandi. Bebetoning taklifiga ko‘ra, Rivaldo 1996 yilda Ispaniyaning “Deportivo”sini tanladi. Bir yilda 41 matchda ishtirok etib, 21 gol kiritdi. Dastlabki mavsumdagi omadsizlikka qaramasdan, u o‘zining juda ham baxtli ekanini yashirmadi. Klub rahbariyati bilan aloqalar boshqalardan farqli o‘laroq ijobiy edi. “Barselona”ga uni 16,5 million funt-sterling evaziga yulduz sifatida taklif etishdi.


“Oltin to‘p”ning oltmish bo‘lagi

1997 yildan tabiatan cho‘rtkesar va samimiy Rivaldo “Nou Kamp” arenasida mezbon sifatida to‘p surishga kirishganida, gollandiyalik murabbiy — diktator bilan ko‘plab mojarolar keltirib chiqarishini xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak. Chunki Lui van Galga shogirdlaridan hech biri yurak betlab e’tiroz bildira olmasdi. Shundan bo‘lsa kerak, ma’lum muddat o‘tib, kutilmaganda murabbiydan o‘ziga birinchi raqamli futbolchi sifatida munosabatda bo‘lishini talab qilishi katta portlash edi. Sababi “Barsa”ning chempion bo‘lishida 24 gol muallifi Rivaldoning hissasi katta edi. “Tun qiroli” Romario turli mojarolarga aralashib qolgan, “reklama bolasi” Ronaldo esa pul va kinos’yomkalar haqida ko‘proq o‘ylay boshlagan, Jovanni restoranlardagi asosiy janjalkashlardan biriga aylangan bir paytda o‘ziga nisbatan muomalani o‘zgartirishni so‘rashga Rivaldoning to‘la haqqi bor edi. Chunki u yuqoridagi qusurlardan xoli, mashg‘ulotlarga hammadan oldin kelar, raqs tushishni yoqtirmas, atrofiga tekinxo‘rlarni ham yig‘ib olmagan edi. Ko‘p vaqt o‘tmay, u FIFAdan o‘zining “Oltin to‘pi”ni qabul qilib oldi va sovrinni tanish zargarga uzoq tortishib 60 bo‘lakka bo‘ldirdi. Har bir qismga ismlar yozilgan kumush parchalarni yopishtirib, parchalangan “Oltin to‘p”ni jamoadagilarga bo‘lib berdi. Uning fikricha, erishgan yutug‘ida jamoadoshlari, murabbiyi, shifokor, massajchi, jamoa kosibi, hatto kiyinish xonasidagi farroshning ham birdek hissalari bor ekan. U boylikka juda ham mukkasidan ketmagan, balki uning asosiy maqsadlaridan biri Braziliyada o‘zining futbol maktabini ochish va moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalar farzandlarini o‘qitishdan iborat. Murabbiy bo‘lish orzusi umuman yo‘q. “Mening ishim menejment. Qachonlardir matematika fani jonu dilim edi”, — deydi u.

----

Qolipga sig‘maydigan go‘zallik

Rivaldo uzoq davom etadigan taktik muhokamalarni ham yoqtirmaydi, bu uning usuli emas. “Men o‘yinchiman va maydondagi aniq vaziyatlarda qanday harakat qilishni tasavvur qila olishim kerak”, — deydi u. Futbolchining charm to‘pni o‘ynatish borasida ko‘p narsaga qodirligini ko‘pchilik biladi. Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati ham murabbiy tomonidan qat’iy tayyorlangan sxemani yaxshi tomonga “buzish”ga harakat qilishdan iborat va bu ish ko‘pincha uddalanadi. O‘yinga o‘zining dunyoqarashidan kelib chiqib chiroy bag‘ishlaydi, yangi vaziyatlar yaratadi. U shu bilan ijod qiladi, hayajonlanadi, boshi osha butun tanasi bo‘ylab ana shu koptokni “sayr”ga olib chiqadi. Biroq ayrim mutaxassislarning qarashicha, bugungi tijoriy futbolda Rivaldoga o‘xshagan eski firqalar uchun joy yo‘q. Birgina 2001 — 2002 yilgi mavsumdagi “Barselona” — “Valensiya” matchida “ko‘rshapalaklar” sardori Rubin Baraxaning dubliga Rivaldoning javoban yo‘llagan “xet-trik”i ana shu mutaxassislar doim ham to‘g‘ri so‘zlayvermasliklarini isbotlab qo‘ydi. Uchinchi gol 90-daqiqada “velosiped” yoki “qaychi” usulida chamasi 16—18 metrlardan darvozaga yo‘llangandi. O‘shanda u “Barsa”ni nafaqat Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichiga olib chiqqandi, balki kuchli darvozabon Kanisaresni uch marta dog‘da qoldirib, o‘z gollari bilan futbol ko‘rsatuvlarini bezagani, hamon esimizda. Shu bois, futbol solnomasiga Rivining nomi zarhal harflarda bitilgani haqiqat. 2002 yilgacha u “Barselona” tarkibida 157 o‘yinda maydonga tushib, 86 gol muallifiga aylandi.

----

Qoyaning qulashi

Ayni cho‘qqidan qulash ham aynan shu yilga to‘g‘ri keldi. Zamon va makon odam ongu shuurida turli o‘zgartirishlar qilishi tabiiy. Rivaldo ham Yevropaga kelib ayyorlik, aktyorlikni o‘rgandi va bu keyinchalik uning parvozi nihoyasini tezlashtirib yubordi. 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida o‘tkazilgan jahon chempionatida Braziliyaning Turkiyaga qarshi o‘tkazgan matchi bu borada kulminatsiya bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida turk himoyachisi Hoqon Unsalning burchak sari tepib yuborgan to‘pi Rivaldoning soniga tekkan bir paytda, u qo‘llari bilan yuzini changallagancha, chim ustiga yiqilgan va bu keyinchalik ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgandi. Videotasvirlar qayta ko‘rib chiqilgach, Rivaldoga ayyorligi uchun FIFA intizom qo‘mitasi 10 ming shveytsariya franki (6900 dollar) miqdorida jarima soldi. Munosabatlar ham asosan qahramonimizning zarariga ishladi. Ispan futbolchisi Ivan Elgera o‘sha paytda Rivaldoning bu qilig‘ini kechirib bo‘lmasligini aytgan, germaniyalik afsonaviy charm to‘p ustasi Frants Bekkenbauer esa futbol olamiga bunday sahnaviy ko‘rinishlar yarashmasligini ta’kidlagandi. Muxlislar afsusda edilar. Shundan so‘ng Rivaldodan omad yuz o‘girdi, deyish mumkin. Avvaliga Kataloniyani tark etib, Milanga yo‘l oldi. Keyin terma jamoa libosida 74 marta maydonga tushib, 34 ta gol kiritgan Rivi “sariq devlar” tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Italiyaning “Milan” jamoasi tarkibida zahirada o‘tiraverib charchadi, lekin Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Apennindan Vataniga qaytib, Bela Gorizontening “Kruzeyro”si safiga kelib qo‘shildi — 11 o‘yin, 2 gol. 2004 yilda yana ko‘hna qit’aga qaytib, Yunonistonning “Olimpiakos” klubi a’zosiga aylandi va uni grek fanatlari favqulodda xursandchilik bilan kutib olishdi. Bu yerda u 2006 yil nihoyasigacha 46 o‘yinda raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol qilishga erishdi. Zargar-futbolchi Braziliyaning bir karra (1994 yil), Ispaniyaning ikki karra (1998 va 1999 yil), Gretsiyaning ikki karra chempioni (2005 va 2006 yil) va ikki karra mahalliy kubok egasi (2005 va 2006 yil), Italiyaning bir karra kubok sohibi (2003 yil), JCh—2002 va YeChL—2003ning oltin medallari ko‘ksida porlagan, shuningdek, terma jamoa tarkibida Amerika kubogini baland ko‘targan Rivaldoning muvafaqqiyat va omadsizliklari faqat shulardangina iborat emas. Sababi — Pele tomonidan dunyoning eng mashhur 125 futbolchisi safiga qo‘shilgan Rivaldo hali-hanuz charm to‘p bilan zargarona muomalada, demakki, futbol afsonalaridan biri hali ham yashil maydon, ishqiboz bilan hamnafas. Shuning uchun ham uni muxlislar oqu qorasi, fazilati va kamchiligi bilan yaxshi ko‘rishadi. [1]

External links[tahrir]