Luka Modrić
| Luka Modrich | ||
| Shaxsiy maʼlumot | ||
|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Luka Modrić | |
| Tavallud sanasi | 9-sentabr, 1985 (27 yoshda) | |
| Tavvalud joyi | Zadar, Yugoslavia | |
| Boʻyi | 174 sm | |
| Ampluasi | yarim himoyachi | |
| Klub ma'lumoti | ||
| Joriy klub | ||
| Raqami | 19 | |
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
| 2002—2003 | Dinamo Zagreb | |
| Professional klublar1 | ||
| Yillar | Klub | Isht. (Gollar)* |
| 2002—2008 2003—2004 2004—2005 2008—2012 2012 — hz. |
Dinamo Zagreb → Zrinski → Inter Zapreshich Tottenham Real Madrid |
112 (31) 22 (8) 18 (4) 110 (11) 0 (0) |
| Milliy terma jamoa | ||
| 2001 2001 2003 2003—2004 2004—2005 2006 — hz. |
Xorvatiya U-15 Xorvatiya U-17 Xorvatiya U-18 Xorvatiya U-19 Xorvatiya U-21 Xorvatiya |
2 (0) 2 (0) 7 (0) 11 (1) 15 (2) 57 (8) |
|
1 Professional klublardagi gollari |
||
Luka Modrich (xor. Luka Modrić; 9-sentabr 1985, Zadar, Yugoslavia) — Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi.
Mundarija |
Jamoalardagi faoliyati [tahrir]
2002-yilda 16 yoshli Luka Modrich zagrebning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo yoshlar tarkibida bir mavsum toʻp surganidan soʻng, „Zrinski“ jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Luka u yerda oʻzining iqtidorini tezda namoyish etdi va 18 yoshida Bosniya premyer ligasining eng yaxshi oʻyinchisi nomini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili u yana boshqa bir jamoaga, xorvatiyaning „Inter Zapreshich“ jamoasiga ijara berildi. U yerda esa u „Xorvatiya futbolining umidi“ nomiga ega boʻldi. 2005-yili „Dinamo“ga qaytgach, Modrich jamoa bilan tuzgan shartnomasini 2015-yilgacha uzaytirdi.
2008-yil 26-aprelda Modrich angliyaning „Tottenxem Hotspur“ jamoasi bilan oldindan kelishuvga erishdi, jamoaga qoʻshilguncha u tibbiy koʻrikdan oʻtishi va Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak edi. Shartnoma 6 yilga moʻljallangan boʻlib, transfer summasi 16,5 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Bu transfer summasi jamoa uchun rekord boʻldi, undan oldin rekord summa 2007-yilda harid qilingan Darren Bent transferiga tegishli edi.
2012-yil 27-avgustda Modrich madridning „Real“ jamoasi bilan 5 yilga shartnoma imzoladi[1]. Ispaniya jamoasi xorvat uchun 35 mln. funt sterling toʻladi. U Real tarkibida 19 raqamli maykada toʻp suradigan boʻldi.
U „Real“ safidagi debyutini 29-avgustda jamoaning azaliy raqibi boʻlgan Barselonaga qarshi kechgan Ispaniya superkubogi musobaqasi uchrashuvida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobida „Real“ foydasiga hal boʻldi va Luka kelganiga ikki kun boʻlganiga qaramay, Ispaniya superkubogi sohibi boʻlishga erishdi. Chempionlar ligasidagi birinchi uchrashuvi 18-sentabrda Manchester Sitiga qarshi kechdi. Luka oʻzining birinchi golini 2012-yil 3-noyabrda „Real Saragosa“ga qarshi kechgan uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyinda yana bir jamoaning yangi aʼzosi Maykl Essyen ham oʻzining birinchi golini nishonladi. Oʻyin natijasiga koʻra, „Real Madrid“ 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Terma jamoadagi faoliyati [tahrir]
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi o'zi debyutini 2006-yil 1-martda Shveysariyaning Bazel shahrida Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida o'tkazdi.
2008-yili Luka Xorvatiyaning yil o'yinchisi deb tan olindi.
2011-yil 11-oktabrda o'zining terma jamoa safidagi 50-nchi uchrashuvini o'tkazdi.
Erishgan natijalari [tahrir]
Jamoalardagi
- Yevropa chempionati ramziy terma jamoasi: 2008
- Xorvatiya chempioni: 2006, 2007
- Xorvatiya superkubogi sohibi: 2006
- Xorvatiya kubogi sohibi: 2007
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Shahsiy
- Bosniya birinchi ligasi yil o'yinchisi: 2003
- Xorvatiya futboli umidi (yillar bo'yicha): 2004
- Xorvatiya birinchi ligasi yil o'yinchisi: 2008
- Tottenham Hotspur jamoasi mavsum o'yinchisi: 2010/11