Nosirbek Otaqoʻziyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 29-dekabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001-2003 | Neftchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2009 | Neftchi | 107 | (49) |
2010 | Olmaliq | 26 | (13) |
2011—2012 | Nasaf | 26 | (8) |
2013 | Olmaliq | 10 | (2) |
2013 | Guliston | 12 | (3) |
2013—2014 | Neftchi | 21 | (6) |
2015—2019 | Qoʻqon 1912 | 103 | (25) |
Milliy terma jamoa | |||
2010—2013 | Oʻzbekiston | 2 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Nosir Otaqoʻziyev (1984-yil 30-yanvar) — sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Hozirda Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.[1]
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. U „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49ta gol urgan. Keyingi yillarda esa „Olmaliq“da oʻynadi va 2010-yilda oliy liganing ikki toʻpuraridan biriga aylandi. 2011-yilda Qarshining " Nasaf " klubiga koʻchib oʻtdi. Otaqoʻziev OFK kubogi −2011 guruh bosqichining birinchi bosqichida 77-daqiqada „Al-Ansor“ darvozasini ishgʻol qilgan edi[2].OFK kubogida gʻalaba qozonishida katta hissa qoʻshgan. U jami 5 ta gol urdi va oʻsha yilgi musobaqada Ivan Boshkovichdan keyin „Nasaf“ning 6 ta gol bilan eng yaxshi 2-toʻpurari boʻldi. Keyinchalik yana „Olmaliq“da, „Guliston“da, 2013—2014-yillarda yana „Neftchi“da oʻynagan[3]. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ futbolchisi.[4] Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan,[5] Nosir 2019-yildan Neftchi jamoasi safiga qaytdi.[6]
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:
- 2003, 2004, 2006, 2011-yil
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi:
- 2003, 2011-yil
- OFK kubogi sohibi:
- 2011-yil
- 2010-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasining 13 ta gol bilan toʻpurari (Alisher Xoliqov bilan birga).[7][8]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Вазирлар Маҳкамаси қарори ижроси, “Истиқлол”нинг кейинги тақдири, вилоятда клублар сони оширилиши. Фарғона вилояти футбол ассоциацияси биринчи вице-президенти Носир Отақўзиев билан суҳбат“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Nasaf Qarshi v Al-Ansar Club“. The AFC (1-mart 2011-yil). Qaraldi: 6-mart 2011-yil.
- ↑ „Носир Отақўзиев «Нефтчи»га қайтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Носир Отақўзиев "Қўқон-1912"га ўтди“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Суперлига-2018. Майдонга тушган энг фахрий футболчилар ТОП-10“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Носир Отақўзиев ва Руслан Мелзиддинов "Нефтчи"да“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Олий лиганинг барча снайперлари“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Охирги 15 йилнинг олий лига тўпурарлари (фаолиятини якунламаганлар)“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 29-dekabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Guliston klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston futboli funksionerlari
- Fargʻona kishilari