Och qolish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Och qolish (tibbiyotda) — oziq moddalarning organizmga butunlay yoki yetarli kirmay qoʻyishi yoki tuzuk oʻzlashtirilmasligi sababli organizmda roʻy beradigan holat; Och qolish sifatsiz ovqat isteʼmol qilganda yoki organizm biror sababga koʻra ovqatni singdira olmaganda ham vujudga keladi. Och qolish tabiatda hayvonlar orasida fi-ziologik holat hisoblanadi (ular qish-ki uyquga ketganda). Bunda organizmda moddalar almashinuvi keskin pasayadi.

Odamda Och qolish patologik hodisa boʻlib, ovqat yemaganda, yeyilgan ovqat hazm boʻlmaganda (mas, meʼda-ichak kasalliklarida) yoki sifatsiz ovqat yeyil-ganda roʻy beradi. Och qolish ayniqsa, bolalar uchun zararli, bunday bolalar jis-moniy va aqliy jihatdan tuzuk rivojlanmay qoladi.

Toʻliq, mutlaqo (absolyut) va chala (toʻyib ovqatlana olmay) Och qolish farq qilinadi. Bundan tashqari, ayrim oziq moddalar organizmga yetarli kirib turmasa, juzʼiy (sifat jihatdan) Och qolish deb yuritiladi. Toʻliq va mutlaqo (absolyut) Och qolishda organizmdagi zaxira oziq moddalar (ayniqsa, yogʻ) hisobiga u bir necha vaqt yashab turadi. Odam uchun toʻliq Och qolishning chegarasi 70 kungacha, bu kishining oʻziga xos jihatlari, yoshi, jinsi va boshqalarga bogʻliq. Ayollar Och qolishga koʻproqchidamli; bolalar va kek-salarga Och qolish tez taʼsir etadi.

Yogʻ bosishni, baʼzan moddalar almashinuvining buzilishiga aloqador boʻlgan boshqa kasalliklar (podagra, qandli diabet va boshqalar), shuningdek, allergik va ruhiy kasalliklarni davolash maqsadida toʻliq va juzʼiy Och qolish tatbiqetiladi. Och qoldirib davolash kursi 2 davrdan iborat: och qolish va tikla-nish, bu davo usulini kasalxona sharoitida olib borish maqsadga muvofiq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil