Raymond Kopa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raymond Kopa
Raymond Kopa 1963.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raymond "Kopa" Kopaszewski
Tavallud sanasi 13-oktabr, 1931 (1931-10-13)(82 yosh)
Tavvalud joyi    Ne-Le-Min, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 169 sm
Laqab Futbol Napoleoni
Ampluasi hujumchi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Faoliyatini tugatgan
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1949-1951
1951-1956
1956-1959
1959-1967
Anjers
Stat de Reyms
Real Madrid
Stat de Reyms
60 (15)
158 (48)
79 (24)
244 (36)   
Milliy terma jamoa
1952-1962 Fransiya 45 (18)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Raymon Kopa (frans. Raymond Kopa, tugʻilganda Kopashevskiy (pol. Kopaszewski), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).

Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.

Biografiya[tahrir]

Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi[1].

Erishgan natijalari[tahrir]

Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956
Lotin kubogi finalchisi: 1955
  • Jahon chempionati bronza medal sohibi: 1958


  • „Oltin to'p“ sohibi: 1958
  • „Kumush toʻp“ sohibi: 1959
  • „Bronza toʻp“ sohibi: 1956, 1957
  • 1970-yil 30-noyabrda Fahriy legion ordeni bilan mukofotlangan. (bu orden bilan mukofotlangan birinchi futbolchi)
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.

Izohlar[tahrir]

  1. 1. Raymon Kopa Futbol: polnaya illyustrirovannaya ensiklopediya mirovogo futbola pod. red. S. N. Shmitko, M, Rosmen-Izdat, 2000, s. 144

Havolalar[tahrir]