Mozori-Sharif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mozori-Sharif — Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Balx viloyatining maʼmuriy markazi. Balx vohasida. Aholisi 150 ming kishi (1990-y.lar boshlari).

Oʻrta ayerda M. Sh. oʻrnida kichik Xayr qishlogʻi (keyinchalik Xoʻja-Xayron) boʻlgan. Naqlga koʻra, bu yerga hazrat Ali koʻmilgan emish. 1481—82 y.lardauyerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan.

M. Sh. — Baqtriya iqtisodiygeografik r-nining yirik hunarmandchilik, savdo, sanoat shahri va transport yoʻllari punkti. Mashina taʼmirlash va metallsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, un, yogʻmoy), toʻqimachilik (ip gazlama va shoyi), teri oshlash, paxta tozalash, gʻisht va oyna korxonalari bor. Issiklik elektr st-yasi va azotli oʻgʻitlar zavodi qurilgan. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilikda shoyi va ip gazlama, doʻppi, uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Shaharda qorakoʻl teri, jun, don, meva, yongʻoq va koʻncharm bilan savdo qilinadi. M. Sh.dan jan-gʻarbda yirik oltingugurt koni bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil