Ali
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Din asoslari |
| Allohning birligi Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
| Asosiy ibodatlar |
| Iymon Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
| Muhim Shaxslar |
| Muhammad Abu Bakr •Umar |
| Muqaddas Matnlar |
| Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
| Islomdagi mazhablar |
| Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
| Jamoat |
| Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
| İslom Portalı |
Ali ibn Abu Tolib (taxm. 600-661, Ko`fa) - islomda "xulafo ar-roshidin" ("to`g`ri yo`ldan borgan xalafalar"), dindorlar o`rtasida "choryorlar" deb atalgan dastlabki 4 xalifadan to`rtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan. Muhammad (S.A.V)ning amakivachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bog`liqdir. VII asr o`rtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad (S.A.V)ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qo`rqmas va sodiq jangchi, o`ta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida ko`pchilikka ma`qul edi. 656 - yil iyunda Usmon o`ldirildi va Ali xalifa deb e`lon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda bo`lgan payg`mbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh ko`tardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e`lon qildi. 657-yil Furot daryosi o`ng qirg`og`idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qo`li baland kelgan bo`lsada, u raqiblari bilan kelishishga ko`ndi. Bundan norozi bo`lgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qo`llay boshladilar. 661 yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan so`ng vafot etadi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o`ta salbiy munosabat bildirgan bo`lsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga mo`tadil va to`g`ri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari islom g`alabasi yo`lida katta xizmat ko`rsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning tavsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bog`liq ko`p masalalarning chuqur bilimdoni bo`lgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. - "shia" - guruh, bu o`rinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda ko`p rivoyatlar to`qilgan va bu sunniylar o`rtasida ham keng yoyilgan. Shia yo`nalishinig ba`zi ashaddiy firqalari Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad (S.A.V)dan ham yuqori qo`yadilar. O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bog`lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali O`rta Osiyo va Eronda hech qachon bo`lmagan.