Jalolobod (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Jalolobod
qirgʻ. Жалалабат
Gerb
Gerb
Mamlakat Qirgʻiziston
Viloyat Jalolobod viloyati
Koordinatalari 40°56′0″N 73°00′0″E / 40.93333°N 73.00000°E / 40.93333; 73.00000Koordinatalari: 40°56′0″N 73°00′0″E / 40.93333°N 73.00000°E / 40.93333; 73.00000
Mer Muxtar Arapbayev [1]
Qachondan beri shahar 1877
Maydoni 24,6 km²
Balandlik 763 m
Aholisi 89 004[2] 
Milliy tarkibi qirgʻizlar — 54,7 %
oʻzbeklar — 38,0 %
ruslar — 3,4 %
tatarlar — 1,2 %
uygʻurlar — 0,6 %[2]
Konfessiyaviy tarkibi Islom, Xristianlik
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 3722
Avtomobil kodi D
Jalolobod (shahar) (Qirgʻiziston)
Jalolobod

Jalolobod (qirgʻ. Жалалабат; dʒɑlɑlɑbɑt) — — Qirgʻiziston Respublikasidagi shahar, Jalolobod viloyatining maʼmuriy markazi. Fargʻona tizmasidagi Koʻgart vodiysida, oʻrtacha 764 m balandlikda, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻlida joylashgan. Bishkek shahridan 550 km janubida. Aholisi 89 004 kishi "Jalolobod" kurorti korpuslaridan biri. (2000). 1877 va 1927 yillarda shahar maqomini olgan.

Respublikaning sanoat va madaniyat markazlaridan. Metallsozlik, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, elektronika sanoatlari, qurilish materiallari va mebel i. ch. rivojlangan. Yirik korxonalari: "Hyp", "Oq paxta", "Momojemish", "Temirtosh", "Mingbuloq", "Ayubbuloq", "Jalolobodtattuusu", "Qurilish materiallari" i. ch. birlashmasi va b. Ularda tikuvchilik buyumlari, ip-gazlama, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Metallsozlik korxonalarida nasoslar, elektr isitish priborlari, q. x. qurollari, elektronika sanoati mahsulotlari, "Hyp" korxonasida avtomobillar chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (un tortish, sut-goʻsht, sabzavot va meva konservalash, mineral suv qadoqlash), neftni qayta ishlash z-di (quvvati yiliga 500 ming t) mavjud. T. y. orqali Bishkek, Oʻsh, Qorasuv, Koʻkyongʻoq sh.lari; Oʻzbekiston va Tojikistonning sanoat markazlari b-n bogʻlangan. Aeroport bor. J.da oliy oʻquv yurtlari, musiqa va badiiy maktablar, muzey, teatr, filarmoniya, kutubxonalar mavjud. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek va rus tillarida 10 ta gaz. nashr qilinadi. Shahar yaqinida balneologik kurort joylashgan.[3]


Aholisi[tahrir]

Geografiyasi[tahrir]

Tarixi[tahrir]

Jalolobod shahriga XVII asrlarda Jaloliddin ismli oʻzbek shahs asos solgan. Avalliga Qoʻqon xonligining tarkibida Jalolobod qishloq boʻlib tuzilgan. Chor Possiyasi davrida Oʻsh va Jalolobodni Oxunboboyev qirgʻiz ayoliga sovgʻa qilib yuborgan.

Rossiya Imperiyasi davrida[tahrir]

Rossiya impriyasi davrida Jaolobod shahri Fargʻona viloyati Andijon uezdi tarkibida boʻlgan

SSSR davrida[tahrir]

Jalolobod shahri SSSR davrida O`zbek SSRning Farg`ona viloyati tarkibida boʻlgan. Turkistonni bir qismini bosib olgan va Turkistonda yana bir mamlakat yuzaga kelish xohishida boʻlgan Moskva, yangi barpo eʼtilgan davlat, yʻani, Qirg`iz SSRning tarkibiga qoʻshgan va 1939-yilning 21-noyabrida viloyat markazi maqomiga eʼga boʻlgan. 1958-yilning 11-dekabrida esa Oʻsh viloyatining tarkibiga qoʻshilgan.

Mustaqillik yillarida[tahrir]

1991-yil Qirg'iziston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi, xuddi shu yili shahar yana viloyat markazi mavqeiga ega boʻldi.

Fotogalareya[tahrir]

Iqtisodiyoti[tahrir]

Madaniyati[tahrir]

Shahar maktablari[tahrir]

  1. M. Babkin
  2. Yusufbek Bakiyev maktabi
  3. Olim Usmon maktabi
  4. Alisher Navoiy maktabi

Diqqatga sazovor joylari[tahrir]

Shaharning taniqli shahslari[tahrir]

Shaharda tavallud topganlar[tahrir]

Qodirjon Botirov — (tav. 9 mart, 1956yil). Oʻzbek. Respublika O`zbek milliy-madaniyat markazi rais muovini, Jalolobodlik taniqli tadbirkor, oʻz hisobidan barpo etilgan hususiy Olim Botirov nomli Do`stlar Birligi Universitettining Prezidenti.

Mavluda Asalxo'jayeva — (tav. 15 oktabr, 1963yil). Oʻzbek. Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan sanaʼtkor.

Shapavalov Igor Aleksandrovich — SSR xalq artisti.



Manba[tahrir]