Old Trafford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Old Trafford
Theatre of Dreams
Old Trafford after its most recent expansion
Old Trafford
Joyi Sir Matt Busby Way
Old Trafford
Greater Manchester
England
Asos solingan 1909
Qachon ochilgan 19 February 1910
Egasi Manchester United
Operator Manchester United
Yuzasi Grass
Inshoot narxi £90,000 (1909)
Meʼmor Archibald Leitch (1909)
Hajmi 75,957 seated[1]
Maydon oʻlchamlari 105 × 68 m[2]
(114.8 × 74.4 yd)
Maydon egalari
Manchester United (1910–present)

Old Trafford -1910-yilning 19-fevralida tashkil etilgan Manchester United stadioni.

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

1909-yilda oʻyingoh oʻsha paytdagi eng yuqori summa 60 ming funt sterlingga qurilgan, oʻyingoh maydonning uch tomonidan tribunaga va eng asosiy tribunasi yopiq holdagi oʻtirish joylariga ega boʻlgan. 1911 va 1915-yillarda Old Traffordda Angliya Kubogining final oʻyinlari oʻtkazilgan. 1920-yilda Manchester va Aston Villa oʻrtasidagi oʻyinni tomosha qilish uchun eng rekord koʻrsatkich — 70504 muhlis tashrif buyurgan.

Yana bir rekord koʻrsatkich 19 yildan keyin, Angliya Kubogining Portsmouth bilan boʻlib oʻtgan yarim final oʻyiniga 76962 muhlis kelgan. Ikkinchi Jahon Urushi paytida oʻyingoh fashistlar tomonidan bombardimon qilinib katta zarar koʻrgan va maʼlum bir muddat ichida United Manchester Cityning Maine Road oʻyingohida oʻyinlarini oʻtkazgan. 1966-yil Angliyada boʻlib oʻtgan Jahon Chempionatida, Old Trafford ham oʻyinlarga mezbonlik qildi. 1970-yilda esa, Chelsea va Leeds oʻrtasidagi Angliya Kubogi final uchrashuvi oʻtkazilgan. Old Trafordda dunyo boʻyicha birinchi marta maydon atrofiga muhlislardan himoya sifatida, toʻsiqlar oʻrnatilgan. 30 yil davomida Old Trafford 58000 muhlisni sigʻdira olgan. Ammo 90-yillar boshida Hillsboroughda koʻngilsiz voqea sodir boʻldi (yuqori tribuna toʻlib ketishi natijasida, pastgi tribuna ustiga agʻdarilgan, koʻpgina odamlar jarohatlandi va Angliya klublari Evropa kubok oʻyinlaridan bir necha yilga chetlashtirildi). Yuqori mavqega ega boʻlgan klublar, faqatgina oʻtirish joylari mavjud stadionlarga ega boʻlishi kerak edi. Oʻyingoh sigʻimi 44000gacha kamaytirildi, lekin mashhurlikga erishib borayotgan Manchester uchun bu kam edi.

90-yillarning oʻrtasida oʻyingoh kengaytirildi va 26000 joyga ega boʻlgan toʻrtinchi tribuna ham qurildi. Old Traffordning sigʻimi 56000ga oshdi.

Qoʻshimcha tribunaning qurilishiga 19 million funt sarflandi.Yangi tribunada Unitedning 3 qavatli muzeyi va qoʻlga kiritilgan sovrinlar uchun alohida katta xona joylashtirildi. Va «Sky» telekanali aʼzolari uchun 2 boʻlimga ega boʻlgan hona ajratildi. Janubiy tribuna eng asosiysi hisoblanadi, ammo u oʻyingohning eng past tribunasidir. Janubiy tribuna murabbiylar oʻrindigʻini, director va politsiya uchun joylar, hashamatli restoranlar va administrator honalarini oʻz ichiga oladi. Janiubiy tribunada eng koʻp kameralar joylashtirilgan, shuning uchun ham televideniya orqali Janubiy tribunani koʻrish imkoniyati kamroq. Oʻyinchilarning chiqishi uchun tunel murabbiy oʻrindigʻi yonida edi, lekin keyin maydonning janubi-gʻarbiy qismiga koʻchirildi. Eski tunel haligacha mavjud va turli xil tadbirlar uchun ishlatiladi. Eng sodiq Inglizlarning tribunasi sharqiy tribuna hisoblangan, keyinchalik esa bu nomga gʻarbiy tribuna ega boʻlgan («Stratford End» nomiga ham ega). Oʻyingoh oʻtirish joylariga qayta taʼmirlanishidan oldin, Stratford End Britaniyada eng baland ovozga ega boʻlgan, 20000 tik holda turgan muhlisni sigʻdirgan. Oʻtkazilgan kuzatuvlar natijasiga koʻra, tribunalarning ovoz chiqarish kuchi koʻtarilayotgan reaktiv samolyotning ovoziga teng. 60-yillarning ohirigacha oʻyingohda oddiy tablo boʻlgan, keyinchalik esa elektron tabloga oʻzgartirilgan va yaqinda Shimoliy tribunaning ikki chetiga oʻrnatilgan. 2000-yilning yanvarida Sharqiy tribunaning ikkinchi qavati Old Traffordning sigʻimini 61000ga yetkazdi. Old Trafford oʻyingohiga kirish qismi och yashil tusdagi oyna bilan qoplangan.

Bu yerda Sir Matt Busbyning haykali, 1958-yil 6-fevraldagi Myunxen Aviahalokatini eslatib turuvchi mashhur soat va hotira doskasi joylashtirilgan. Shuningdek, Manchester Unitedning supermarketi bor. Siz u yerda klubning istalgan mahsulotini harid qilishingiz mumkin.

2000-yilda Gʻarbiy tribunaga oʻtirish joylari qoʻshildi va sigʻim qiymati 68217ga koʻpaydi. Gʻarbiy tribunada oʻyinchilarning oila aʼzolari uchun sector, tribunaning chet qismida kiyim almashtirish xonalari, tunel va zal joylashgan. Gʻarbiy tribuna shuningdek yuqori qismida osilgan plakatlari bilan ham mashur. Old Traffordda Evro-96 yarim finali boʻlib oʻtgan va har yili Angliya Kubogining yarim finallari oʻtkaziladi. 2003-yil 28-may kuni Milan va Juventus oʻrtasidagi Chempionlar Ligasi final oʻyini oʻtkazilgan. 2006/07 — yil mavsum boshida Old Trafford 76212 oʻringa koʻpaytirildi. Voqea sharofati bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish maqsadida amaldagi Chempionlar Ligasi gʻolibi Barselona taklif qilindi, ammo chet el turnesi tufayli Old Taffordga tashrif buyura olmadi. Rejalarni oʻzgartirmaslik uchun amaldagi UEFA Kubogi egasi Seville tashrif buyurdi. Oʻrtoqlik uchrashuvi 3-0 hisobida MU foydasiga hal boʻldi.

Shubhasiz Old Trafford dunyodagi mashxur va ulkan sport arenalaridan biri. Arsenal va Liverpool kabi anʼanaviy raqiblar tashrif buyurishganda, Old Trafford oʻzgacha qiyofa kasb etadi. «The Theatre of Dreams» yaʼni «Orzular Teatri» (Sir Bobby Charlton tomonidan nomlagan) Britaniyanig eng yirik oʻyingohlaridan biri va dunyodagi eng mashhur klub uchun mos uydir. Manchester Unitedning mashgʻulotlar bazasi Karrington markazi — bu Manchester Unitedning zamonaviy shugʻullanish bazasi boʻlib, eski baza Kliff oʻrnini egallashi uchun 2001-yilda qurilgan. U Kerringtonda joylashgan boʻlib, Old Trafforddan gʻarbiy tomon boʻylab 6 mil uzoqlikda joylashgan. Qurilma 70 akrlik maydonni egallagan boʻlib, 14 ta har xil hajmdagi maydonlar bilan fahrlansa arziydi. Kompleksning ichida shugʻullanish maydoni va qayta qurilgan maydon, fizioterapiya, massaj xonasi, davolanish va gidroterapevtlik basseyni joylashgan.

Shuningdek, basketbol va skvosh uchun moʻljallangan maydonlar, sauna, banya, atletika uchun zal, oʻyinchilar va xizmatchilar uchun restoran, konferens zallari, idora va sinflar joylashgan. Hattoki oʻyinchilardan «MUTV» (klub telekanali) intervyu olishi uchun alohida xonalar ham ajratilgan. Ommaviy axborot hodimlari bu yerni «Kerrington minorasi» deb atashadi, chunki butun maydon 2,4 kmlik devor bilan oʻralib, raqib shpionlari va qiziquvchan Ommaviy axborot hodimlaridan saqlanish uchun 30000 ta daraxt ekilgan. 2003 yilda Manchster Siti klubi oʻzining mashgʻulotlar bazasini qurdi. Bu baza ham Kerringtonda boʻlib, United bazasiga juda yaqin joyda qurilgan.

Ilgari Unitedning shugʻullanish bazasi Kliff bolib, Irvel daryosi boʻyida boʻlgan va Salfordda joylashgan edi. U yerda ochiq maydon, yopiq maydon, atletika uchun zal, shugʻullanish maydoni, sport holi va jiddiy jarohatlarni davolash moslamalari mavjud. Kerrington markazi mana shu baza bilan oʻrin almashdi [1]

  1. Morgan, Steve (March 2010). McLeish, Ian. ed. "Design for life". Inside United (Haymarket Network) (212): 44–48. ISSN 1749-6497. 
  2. (2010) "Club Directory", Premier League Handbook Season 2010/11 (PDF), London: The Football Association Premier League, 39.