Zohid Dusanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dusanov Zoxid Abdukayumovich
Дўсанов Зоҳид Абдуқаюмович
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi
2011-yil 2-fevraldan — 2016-yil 20-dekabr
Hukumat boshlig‘i: Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Sodirxon Nosirov
Vorisi: Muidjon Tohiriy
 
Tavalludi: 10-iyun 1976 (1976-06-10) (43 yosh)
OʻzSSR, Samarqand
 
Harbiy xizmatlari
Xizmat qilgan yillari: 1999-2018
Unvoni: Polkovnik
 
Mukofotlari:

Dustlik rib.png

Dusanov Zohid Abduqayumovich (oʻzb. Дусанов Зоҳид Абдуқаюмович; 1976-yil 10-iyun, Samarqand viloyati Payariq tumani) - 2011-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining raisi. Polkovnik[1].

Biografiyasi[tahrir]

  • 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
  • 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
  • 1998-2001-yillarda - Samarqand viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurorining yordamchisi, tuman prokuraturasining tergovchisi.
  • 2001-2002 - Samarqand viloyati prokuraturasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qonunbuzarliklarga qarshi kurash boʻlimi katta tergovchisi, Samarqand viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta tergovchisi.
  • 2002-2005-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bosh boshqarmasi katta tergovchisi.
  • 2005-2006-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
  • 2006-2008-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari – axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
  • 2008-2011-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
  • 2011-yil 2-fevraldan 2016-yil 20-dekabrgacha - Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi.
  • 2016-yildan 2018-yilgacha - Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
  • 2012-yildan 2018-yilgacha - Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi Prezidenti[2][3].
  • 2018-yildan h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.

Manbalar[tahrir]

DBQ raislari[tahrir]

  • 1997-2000 - V.S. Beganov
  • 2000-2002 - S.A.Axmetov
  • 2002-2004 - B.R.Parpiyev
  • 2004-2006 - B.A.Matlyubov
  • 2006-2011 - S.X.Nosirov
  • 2011-2016 - Z.A.Dusanov
  • 2016-2018 - M.V.Tohiriy
  • 2018- - М.B.Azimov