Zarafshon (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zarafshon
Formati A2
Kimga tegishli Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligi
Bosh muharrir Farmon Toshev
Tili o'zbek
Bosh ofisi Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko'chasi 80-uy
Adadi 19 780 nusxa (2019-yil)
Vebsayt https://zarnews.uz/

Zarafshon — Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligi gazetasi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yil aprel oyida mahalliy turkiy-forsiy oʻrta shevadi Mahmudxo‘ja Behbudiy mas’ul muharrirligida „Samarqand“ nomi bilan nashr etilgan. Dastlab adadi 400-500 nusxada boʻlgan. 1917-yil 16-apreldan gazeta „Hurriyat“ nomi bilan chiqa boshlaydi. Gazetaga jurnalist va maʼrifatchi Saidrizo Alizoda, 27-sonidan Abdurauf Fitrat, keyinchalik Oʻrinboy Oʻgʻli, bir muddat Akobir Shomansurov nashr muharrirligi vazifasini bajargan. 500-1000 nusxa atrofida, haftada ikki marta chiqarib turgan gazeta moddiy qiyinchilik sabab yopilgan. 1918-yil 11-iyundan boshlab „Hurriyat“ gazetasi Shoʻro hukumati taʼsirida „Mehnatkashlar oʻqi“ nomi bilan chiqa boshladi. Maʼsul muharrirlari Iffat Xonim (ZohidaBurnasheva) bilan Shokir Muxtoriy boʻlgan. 5-sonidan keyin gazeta nomi „Mehnatkashlar tovushi“ga aylantirilgan. Saidrizo Alizoda, Muhammadjon Yusufiy, Qori Mahmud, Qori Muhammadrahim Toji, Sadriddin Ayniylar gazetaning tarjima va tahrir ishlarida ishtirok etishgan.

1921-yildan gazetaning nomi „Kambagʻallar tovushi“ga oʻzgartirildi. 1922-yilning oktabr oyiga kelib gazeta „Zarafshon“ nomi bilan chiqadi. Gazetani qayta tashkil etganlardan biri G‘ozi Yunus edi. Nomi oʻzgargan gazataning birinchi soni katta formatda, olti sahifada (bir sahifasi rus tilida), 1500 nusxada chop etiladi. Gazetadagi eʼlonda bu nashr „Samarqand“, „Hurriyat“, „Mehnatkashlar tovushi“ning davomchisi ekanligi yoziladi. Gazetaning muntazam chiqishi taʼminlangach, 1923-yilda G‘ozi Yunus Toshkentga qaytib keladi. Uning oʻrniga Ali Ismoilzoda tayinlanadi. 1925-yildan gazeta haftada uch marta chop etila boshlaydi.

„Zarafshon“ gazetasi 1928-yilgacha arab imlosida, 1938-yilgacha lotin imlosida, 1938-yildan boshlab kirill imlosida chop etilib kelinmoqda.

1928-yilning noyabr oyida Toshkentda chiqariladigan „Qizil O‘zbekiston“ gazetasi tahririyati Samarqandga koʻchirilgach, „Zarafshon“ gazetasi faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.

1930-yilning 7-noyabrida gazeta yana chop etila boshlaydi. Lekin „Zarafshon“ emas, „Lenin yoʻli“ nomi bilan chiqariladi. 1931-yildan boshlab kundalik nashrga aylantiriladi.

1956-yilning 1-avgustida Samarqand matbuoti tarixida „Lenin yoʻli“ gazetasi ilk marta A1 formatda chop etilgan. 1991-yildan gazeta oʻzining eski — „Zarafshon“ nomi bilan chiqa boshlaydi[2].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda „Zarafshon“ gazetasi tahririyati jamoasi „Eng ulugʻ, eng aziz“ respublika koʻrik tanlovi gʻolibi boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://zarnews.uz/
  2. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.