Kontent qismiga oʻtish

Ovozi Samarqand

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ovozi Samarqand
(Рӯзномаи «Овози Самарқанд»)
"Ватан саҷдагоҳи муқаддас аст!"
("Vatan muqaddas sajdagohdir!")
Formati A2 (2010-yildan beri)
Kimga tegishli Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligining gazetasi
Asos solingan 1990-yil 1-yanvar
Bosh muharrir Bahodur Rahmonov
Tili Tojikcha
Bosh ofisi Samarqand shahri, U.Tursunov ko‘chasi, 80-uy
Adadi 4500 nusxa (2022-yil)
Vebsayt ovozi.uz

Ovozi Samarqand (Ovozi Samarqand) — Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi va viloyat hokimligining gazetasi. 1990-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan[1].

1990-yilda gazetaga jurnalist va yozuvchi Nor Ostonzoda bosh muharrirlik qilgan[2]. U yetti yillik rahbarlik faoliyati davomida gazetaning mazmunan boyishi va ijodiy adabiy muhitning shakllanishiga hissa qo‘shgan.

Gazeta sahifalarida taniqli olimlar, yozuvchilar, tajribali o‘qituvchilar va turli kasb egalarining chiqishlari, tahliliy, tanqidiy maqolalari chop etilgan va bugungi kunda ham bu an’ana davom etmoqda.

“Ovozi Samarqand” gazetasini tashkil etish va viloyatdagi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida o‘z o‘rnini topishida Nor Ostonzoda, G‘afurjon Mahmudov, Xursand Jumayev, Hazrat Sabohiy, Adash Istad, Shavkat Bahromov, Toshqul Azimov, Baxtiyor Jumayev, Gulchehra Halimova singari jurnalistlarning mehnatlari alohida tilga olinadi.

1994-yilda gazeta qoshida “Yosh ijodkorlar maktabi” tashkil etilgan.

1995-yilda “Ovozi Samarqand” teatr studiyasi ilk bor o‘zining badiiy chiqishini qo‘g‘irchoq teatrida namoyish etadi.

1997-yilning oktyabr oyidan gazetaga filologiya fanlari nomzodi G‘afurjon Mahmudov bosh muharrir etib tayinlandi. Uning tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari gazetaning yanada jonlanishiga, mushtariylari sonining ko‘payishiga xizmat qildi.

2010-yilda A2 formatda sahifalanib, rangli chop etildi. Shu sanadan gazeta yangi formatga o‘tdi.

2011-yil 1-martdan 2016-yil iyuliga qadar Ozodjon Xidirov (Hamidzoda) gazetaga muharrirlik qildi.

2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan gazetaning ma’naviy ko‘magida yosh tojik adiblarining bayozi – “Armug‘oni Samarqand” kitobi nashrdan chiqdi.

2015-yildan 2025-yilgacha gazeta haftada ikki marta chop etiladigan bo‘ldi.

2017-yildan hozirgacha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bahodur Rahmonov gazetaga muharrirlik qilmoqda.

Uning rahbarlik davrida gazetaning Telegram, Facebook va YouTube ijtimoiy tarmoqlarida o'z sahifalari ochildi. Bundan tashqari gazetaning veb-sayti —ovozi.uz o'z faoliyatini yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ko'rishlar soni 45 mingdan (2025-yil, fevral) ortiq bo'lib, dunyoning turli burchaklaridan o'quvchilariga ega.

2018-yilda “Ovozi Samarqand” kutubxonasi” tahrir hay’ati tomonidan zamonaviy o‘zbek she’riyati namunalarining tarjimalaridan iborat “Saodati do‘sti” kitobi nashr etildi. Keyinchalik ushbu rukn ostida o'nlab kitoblar, jumladan, samarqandlik mashhur va ma'lum ijodkorlar, Ro'dakiy, Habib Yusufiy, G'afurjon Mahmudov, Baxtiyor Juma, Mirsafo Kamoliy, Fozil Shukurov, Xoja va gazeta tarixiga bog'liq bo'lgan bir qator kitoblar chop etilgan.

Aynan "Saodati do'sti" kitobi 2018-yilda "Ovozi Samarqand" gazetasiga "Oltin qalam" mukofotini olib bergan.

2019-yilda gazeta tashkil etilganining 30 yilligi keng nishonlanib, 2020-yil noyabr oyida gazetaning uch minginchi sonining chiqishi ham tantanali ravishda kutib olingan.

  1. Овози Самарқанд: дирӯз ва имрӯз. 
  2. „“ОВОЗИ САМАРҚАНД” ГАЗЕТАСИ“ (2023-yil 12-yanvar). 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.