Yolqin Toʻraqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich
Fayl:Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich.jpg
Tavalludi 10-noyabr, 1917-yil(1917-11-10)
Merke shahri, Turkiston oʻlkasi
Vafoti 1-mart, 2005-yil(2005-03-01)
(87 yoshda)
Toshkent
Vatani SSSR, Oʻzbekiston
Sohasi Biokimyo, Endokrinologiya

Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich (1917-yil 10-noyabr[1], Qozogʻiston Respublikasi Marki shahri — 2005-yil 1-mart, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Biologiya fanlari doktori (1959), professor (1962).

Biografiya[tahrir]

ToshTIni tugatgach (1936), shu institut biokimyo kafedrasida assistent (1936-1938), aspirant (1938-1941), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika instituti direktori] (19391941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (19411944), yana shu institut direktori (1944). SSSR Tibbiyot FA Biologiya va tibbiyot kimyosi institutida (Moskva) ilmiy xodim (19441947). ToshTI rektori (19471950), Oʻzbekiston FA Qishloq xoʻjalik institutida katta ilmiy xodim (19501954), Andijon tibbiyot instituti prorektori va kafedra mudiri (19541956), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutida boʻlim mudiri (1957), direktor oʻrinbosari (19601962). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻlka tibbiyot (hozirgi Endokrinologiya) ilmiy-tadqiqot instituti direktori (1957 - 1960, 1962 - 1963, 19761996), ayni vaqtda laboratoriya mudiri (1957-1997; 1998 yildan ilmiy maslahatchi), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (19701972), vitse-prezidenti (19631966), biologiya fanlari boʻlimi raisi (19661979). ToshDUda kafedra mudiri (1967 yildan), Oʻzbekiston FA Biokimyo instituti direktori (19671969), laboratoriya mudiri 19671970). SamDU rektori (19701972), Oʻzbekiston FA Tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (19941997).

Ilmiy faoliyati[tahrir]

Toʻraqulovning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining baʼzi turlarida tireoid gormonlar biokimyosiga oid. Uning tadqiqotlari zamonaviy biologiya, tibbiyot, biokimyo, biofizika, radiobiologiya va endokrinologiya fanlarining original yoʻnalishlariga bagʻishlangan. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida oʻtkazilgan klinik biokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1964). Biokimyodan darslik va oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar tuzgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati (1985), "El-yurt hurmati" (1998) va "Buyuk xizmatlari uchun" (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.

Koʻrsatmalar[tahrir]

  1. Aniq tavallud sanasi noma'lum.

Manbalar[tahrir]

  • Obmen yoda i tireoidnie gormoni, T., 1959;
  • Bioximiya i patoximiya shitovidnoy jelezi, T., 1963;
  • Tireoidnie gormoni (v soavtorstve), T., 1972;
  • Yodproteini shitovidnoy jelezi (v soavtorstve), T., 1974.

Adabiyot[tahrir]