Norin tumani (Oʻzbekiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Norin tumani
Нарынский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Haqqulobod
Rasmiy tillar Oʻzbek
Norin tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Norin tumani — Namangan viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962—1973 yillarda va 1988—89 yillarda Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida boʻlgan. Norin tumani (Oʻzbekiston) gʻarbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimolidan Uchqoʻrgʻon tumanlari, janubiy va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 207,1 km². Axrlisi 118,3 ming kishi (2003). Norin tumani (Oʻzbekiston)da 1 shahar (Haqqulobod) va 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Margʻzor, Norin-kapa, Paxtaqishloq, Toshloq, Tuda, Usmon Yusupov, Uchtepa, Xoʻjaobod) bor (2003). Markazi — Haqqulobod shahri Tabiati. Norin tumani (Oʻzbekiston) viloyatning sharqiy qismida, Fargʻona tizmasining etaklarida joylashgan, gʻarbiy chegaralari boʻylab Qoradaryo oʻtadi. Relyefi past-baland tekislikdan iborat (balandligi 600– 800 m). Togʻ etaklari paleogen davrining gil, ohaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Norin havzasi yoppasiga konglomeratdan iborat. Qo-radaryo havzasida konglomerat ustupi oʻnlab metr qalinlikda qoplab yotgan lyoss katta maydonda tekislik hosil qilgan. Norinning qayir tekisligi Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan boshlab 2–3 km ga kengayadi; bu yerda qumoq hamda qum-loq jinslar keng tarqalgan. Tuman hududining shimolidan jan.ga tomon Katta Andijon kanali kesib oʻtadi (tuman hududida uz. 13,5 km). Tumanning janubi-gʻarbiy tomonidan Qoradaryoning eski oʻzanidan oʻtadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarni yigʻib Qoradaryoga qoʻshiladi. Tuttrogʻi janubiy qismida bot-qoq-torfli, shimolida b,oʻz tuproq. Norin Qoradaryoga qoʻshiladigan yerda oʻtloq-li, botqoq-oʻtloqi tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, iyulniki 27°. Yillikyogʻin 190–215 mm. Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman hududi haydaladigan yerlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan faqat dare boʻylarida, kanal, zovur chetlaridagina qamish, ajriq, yalpiz, qirq-boʻgʻin, qoʻypechak, qizilmiya, burgan, gʻumay, yantoq, shoʻra, otquloq, shuvoq, yovvoyi jiyda, momoqaymoq, sambit, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi xayvonlar juda kam qolgan. Ilonlar, suv havzalarida ondatra, shuningdek, tulki, kuyon, kalta-kesak, yumronqoziq, baliklardan sazan, laqqa, choʻrtan va boshqa bor. Qushlardan yovvoyi oʻrdak, loyxoʻrak, qaldirgʻoch, bul-bul, chumchuq, chugʻurchiq, musicha, hakka, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, sinchalak, karqunoq, qumri, laylak va boshqa uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, ko-reys va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 571 kishi (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 2 (Oʻzbek-Litva "Klayna Tekstil" va "Haqqulobod PIK") qoʻshma korxonasi, kichik va xususiy korxonalar, "Norintola" aksiyadorlik jamiyati va boshqa mavjud (2003). Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 13 ming ga, ekinzorlar 12 ming ga dan ziyod. Shu jumladan, 6,7 ming ga yerga paxta, 4,6 ming ga yerga bugʻdoy, 563 ga yerga yemxashak,Norin tumanidagi Oʻzbek—Litva "Klayna Tekstil" qoʻshma korxonasi sexi.

80 ga yerga sabzavot, 30 ga yerga kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi (2003). Norin tumani (Oʻzbekiston)da 9 shirkat xoʻjaligi, 2 fermer xoʻjaliklar uyushmasi, 245 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 19,9 ming qora-mol, 19,3 ming qoʻy, 44,2 ming par-randa boqiladi (2003). 2002/2003 oʻquv yilida 44 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 28,0 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 4 kasb-hunar kolleji va iqtidorli bolalar litseyida 1530 oʻquvchi oʻqidi. 37 kutubxona, madaniyat saroyi, 11 qishloq madaniyat uylari, muzey, "Gul-dasta" xalq ansambli, "Xoʻrozcha" xalq qoʻgʻirchoq teatri hamda xalq dorbozlar guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.

Norin tumani (Oʻzbekiston)da markaziy kasalxona va 21 ta davolash va tibbiyot muassasasida 231 vrach, 1210 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda har 10 ming aholiga 19,7 ta vrach, 103,2 oʻrta tibbiy xodim toʻgʻri keladi (2003). 1931 yildan "Norin ovo-zi" tuman gaz. chikadi (adadi 5000).

Murodulla Haydarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil