Xonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Xonim (qozoqcha: Ханым/Hanym, oʻzbekcha: Xonim/Хоним, ozarbayjoncha: Xanım, turkcha: Hanım, forscha: خانم, hindcha: ख़ानुम, bengalcha: খাঁনম/খানম, arabcha: خانم, urdu: خانم, albancha: Hanëm) — asosan zodagon boʻlgan ayollar unvoni boʻlib, dastlab Markaziy Osiyo hududida keng foydalanigan, keyinchalik esa Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda mamlakatlariga qadar kirib borgan. Bu Osiyo va Yevropada yashovchi oʻrta asrlardagi koʻchmanchi turkiy xalqlar, shuningdek, hozirgi Xitoyning shimoli va shimoli-gʻarbiy qismida yashovchi moʻgʻul qabilalari tomonidan keng qoʻllaniladigan harbiy hukmdor — Xon unvonining ayollarga nisbatan ishlatilgan shaklidir.[1] Turkiy tillardagi soʻzlarning yasalishida „- um / -im“ qoʻshimchasi „mening xonim“ qoʻshimchasini qoʻshilib, „Xonim“ shaklini olgan. Bir rivoyatga koʻra xon oʻz xalqiga men sizning xoningizman va u (radiqasiga qarata) mening xonim (Xonimim) deb aytgan[2]. Xonim 283 — 289 yillarda Xianbe davlati uchun bir unvon sifatida qabul qilingan[3]. Dastlab Jujanlar oʻz imperatorlariga nisbatan Xoqon va Xon unvonlarini ishlatganlar[4].

Hozirgi turk tilida Hanım shaklida keng qoʻllanilib kelinadi. Hanımefendi unvoni Xonim (tr. Hanım) va afandi soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Bugungi kunda bu atama har qanday ijtimoiy darajadagi ayollarga nisbatan hurmat bilan murojaat qilish usuli sifatida ishlatib kelinadi. „Madam“ — „maʼam“ soʻzining sharqiy ekvivalenti yoki soʻzlashuv tilidagi koʻrinishi „xonim“dir.

Janubiy Osiyoda, xususan Afgʻoniston, Xaybar Paxtunxva, Sind, Balujiston va Shimoliy Hindistonda Xanum yuqori ijtimoiy mavqega ega boʻlgan musulmon ayollarga nisbatan ishlatib kelinadi. 

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Illustrated Weekly of India, Volume 90 (inglizcha). Times of India Press, 1969 — 4 bet. „In the original meaning “begum” and “khanum” are the feminine equivalents or counterparts of “beg” and “khan”—like the English “lord” and “lady”.“ 
  2. Henning, W. B., 'A Farewell to the Khagan of the Aq-Aqataranʼ,"Bulletin of the School of Oriental and African studies — University of London", Vol 14, No 3, p 501-522
  3. Zhou 1985, p. 3-6
  4. René Grousset. The Empire of the Steppes: A History of Central Asia now. Rutgers University Press, 1988 — 61, 585, n. 92. bet. ISBN 0-8135-1304-9.