Shimoliy-gʻarbiy chegara viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shimoliy-gʻarbiy chegara viloyatiPokistonning shim.gʻarbiy qismidagi hududiy birlik. Afgʻoniston bilan chegaradosh. Maydoni 74,5 ming km². Aholisi 17,5 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Peshovar shahri Relyefi, asosan, togʻli. Shim.da Hindukush tizmalari (eng baland joyi 7690 m, Tirichmir togʻi) va Himolay togʻining gʻarbiy tizmalari joylashgan. Gʻarbiy qismi choʻl landshaftli past togʻlar va platolardan iborat.

Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi. Asosan, bugʻdoy, sholi, paxta, makkajoʻxori, tamaki va qand lavlagi ekiladi, shuningdek, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, mexanika ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (asosan, kulolchilik va uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlash). Toshtuz va ohaktosh qazib olinadi.

SH.Shimoliy-gʻarbiy chegara viloyativ. 1901 yilda Panjob viloyatining bir qismidan tashkil etilgan. 1947 yildan Pokiston hududi.