Alban tili
Jump to navigation
Jump to search
Alban tili | |
---|---|
Milliy nomi | shqip |
Mamlakatlar | Albaniya, Kosovo |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 5.400.000 (2011) |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-Yevropa tillari |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | sq |
ISO 639-2 | sqi |
ISO 639-3 | sqi |
Alban tili – alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-Yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tili da 3 mln. dan ortiq kishi so‘zlashadi, 2 katta dialektga bo‘linadi: shim. (geg), janubiy (tosk). 19-asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bulg‘or va rumin tillari o‘rtasida umumiy o‘xshashlik mavjud. Alban tili da lotin, yunon, janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosida.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |