Xoja Bahriddin maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xoja bahriddin maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoja bahriddin maqbarasiToshkent shahridagi meʼMoriy yodgorlik (19-asr oʻrtalari); sufiylik tariqati vakili Xoja Bahriddin dono qabri ustiga qurilgan. "Qoʻshchimozor" qabristonida joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli qilib pishiq gʻisht (24,5x25x4,5 sm)dan qurilgan xona va uning gʻarbidagi sinch devorli oldi ayvonli ziyoratxonadan iborat. Makbara tarhi toʻrtburchak (4,6X5,4 m), devorning tashqi sirtidagi gʻisht choklari ganch qorishmasi bilan toʻldirib, tekislangan. Peshtoqning gʻarbiy tomonidagi derazadan xonaga yorugʻlik tushadi. Maqbara ichki devorlariga ravoqlar ishlangan. Gumbaz (diametri 2,5 m) va xonaning tomonlari teng , gumbaz ostidagi davra devor Toshkent meʼmorligiga xos, yaʼni tepaga tomon kichrayib boradi; gumbaz poygumbazdan gʻishtin sharafa bilan ajratilgan. X.Xoja bahriddin maqbarasi Toshkent meʼmorligi anʼanalarida qurilgan maqbara namunasidir.