Chok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chok — 1) chevarlikda — tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boʻladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, charm, teri va boshqalarni tikishda biror buyumni naqshli kashtalar bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini biriktirishda qoʻllaniladi. Ch. qoʻlda (igna, angishvona, ilmokli soʻzon igna, bigiz va boshqa bilan) va tikuv mashinasida tikiladi. Ch. tekis va pishiq chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, Ch. tekis va zich chiqadi, ip xom pishitilgan boʻlsa, tarang tortilmay, Ch. gʻadirbudur boʻladi. Ch.da tabiiy (ipak, paxta, jun) va sunʼiy tolalardan foydalaniladi. 19-asrgacha Ch., asosan, qoʻlda tikilgan. 19-asrning 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida Ch.ni tikuv mashinada tikishga oʻtilgan. Ch.lar tikish texnikasi, rasmlar mujassamoti va gullari bilan birbiridan ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak, soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, joynamoz va boshqa badiiy buyumlar qadimda turli xil Ch. bilan qoʻlda tikilgan. Hozir ham qoʻlda, ham maxsus popop mashinalarda tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi Ch. hisoblanadi.

Vazifasiga koʻra, Ch.lar biriktirish, zih va bezakpardozlash Ch.iga baxya, tepchima, yoyma, bosma, qayirma, quyma, qulf, uchmauch Ch.lar kiradi. Hoshiya Ch. astarsiz va sitiluvchan gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning qismlari, qirqimlarini ishlash uchun qoʻllaniladi.

Kashtadoʻzlikla eng koʻp tarqalgan Ch.lar: kuppa, bosma, duroʻya (kanda xayol), chinda xayol, xomdoʻzi, yoʻrma, popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va boshqa; 2) mashinasozlikda metall qismlarning tutashtirilgan joylari; 3) binokorlikda — terilgan gʻishtlar, bloklarning oraligʻi, panelli uylarda panellar tutashgan joylar. Bino va inshootlarning bir qismini ikkinchisidan ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv Ch. deyiladi. Bunday Ch. tra, choʻkish va seysmik Ch.ga boʻlinadi. Tra Ch.i traning oʻzgarishidan, choʻkish Ch.i imoratning choʻkishidan vujudga keladigan qoʻshimcha zoʻriqishlarning oldini oladi, seysmik Ch. binolarni silkinishda buzilishdan asraydi. Amalda koʻpincha bu 3 ta chok vazifasini bitta chok bajaradi, yaʼni 3 ta chok oʻrniga bitta chok krldiriladi.