Vladimir Safronov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Safronov
Tavalludi 1939-yil 26-yanvar
Vafoti 2006-yil 21-noyabr (67 yoshida)
Rossiya, Chelyabinsk viloyati, Chelyabinsk
Fuqaroligi SSSR, Rossiya
Kasbi rassom
Otasi Safronov Sergey Sergeyevich
Onasi Shishkina Nadejda Mixaylovna

Vladimir Sergeyevich Safronov (1939-yil 26-yanvar, Namangan — 2006-yil 21-noyabr, Chelyabinsk) — sovet va rus rassomi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yilda O‘zbekiston SSRning Namangan shahrida tavallud topgan, ota-onasi repressiyaga uchragan va surgunda etilgan (boshqa maʼlumotlarga ko‘ra, Safronov Leningradda tug‘ilgan, lekin Namanganda ro‘yxatga olingan). Otasi Safronov Sergey Sergeyevich (1914—1941-yillar). Onasi Shishkina Nadejda Mixaylovna (1921—1988-yillar).

1940—1944-yillarda Leningradda, 1944-yildan Chelyabinskda yashagan. 1955—1958-yillarda Chelyabinsk metallurgiya zavodida tokar boʻlgan. 1958—1961-yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. 1961—1966-yillarga kelib, Chelyabinsk elektrod zavodida grafit pechlarini yuklovchi va ularni tushiruvchi boʻlib ishlagan. 1966—1969-yillarda Leningraddagi Rossiya Badiiy Akademiyasining rassomchilik kurslarida taʼlim olgan[1] va Admiraltiy zavodida grafik dizayner, 1969—1973-yillarda Chelyabinsk viloyat bosmaxonasida retushchi, keyinchalik sanoat grafik rassomi boʻlgan. 1984-yilda Magnitogorsk davlat pedagogika institutining grafika fakultetini ham tamomlagan. Safronov Chelyabinsk gumanitar fanlar instituti (hozirgi Rossiya-Britaniya menejment instituti, RBMI) dizayn fakultetida dotsent sifatida talabalarga dars bergan[2]. 1983-yildan buyon SSSR Rassomlar uyushmasi, shuningdek, IAS (Internatinal Association of Art) UNESCO xalqaro tasviriy sanʼat assotsiatsiyasi aʼzosi.

Vladimir Safronov Rossiya Rassomlar uyushmasi Chelyabinsk viloyati grafik boʻlimi raisi hamda Rossiya Rassomlar uyushmasi mas’ul kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safronov rassom, monumentalist, grafik rassom (molbert, kitob va kompyuter grafikasi) hisoblanadi. U eng soʻnggi sanʼat asari yoʻnalishlarida (impressionizm, postimpressionizm, kubizm, surrealizm, zamonaviy va abstrakt sanʼat, installyatsiyalar va boshqalar) ijod qilgan, eng murakkab usullarda, yaʼni kompozitsiya, landshaft, natyurmort, portret janrlariga koʻproq urgʻu bergan[3]. Faoliyati davomida bir qator xalqaro va Rossiya koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Uning asarlari dunyoning 27 davlatidagi kolleksiyalaridan oʻrin olgan[4].

Koʻrgazmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safronov koʻrgazmasi
  • 2014-yil — „Progulki s angelami“ shaxsiy koʻrgazmasi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Chelyabinsk;
  • 2013-yil — „Portal Voobrajeniya“ shaxsiy koʻrgazmasi, Koʻrgan viloyati sanʼat muzeyi, Koʻrgan;
  • 2012-yil — „Portal Voobrajeniya“ shaxsiy koʻrgazmasi, Rossiya Rassomlar uyushmasining koʻrgazmalar zali, Chelyabinsk;
  • 2010-yil — Chelyabinsk rassomlari koʻrgazmasi, „Garmoniya“ galereyasi, Chelyabinsk;
  • 2007-yil — Anʼanaviy Rojdestvo koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2007 yil — „Xudojniki Chelyabinska“ koʻrgazmasi, Magnitogorsk;
  • 2006-yil — „Gorodskoy Romans“ kuzgi mintaqaviy koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2006-yil — kitob grafikasi mintaqaviy koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2006-yil — „Don Kixot i koe-chto…“ koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2005-yil — „Mify. Legendy. Skazki“ koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2004-yil — Chelya, katta koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 2004-yil — bahorgi sanʼat koʻrgazmasi „On & Ona“, Chelyabinsk — Yekaterinburg;
  • 2002-yil — Chelyabinsk rassomlari, Chelyabinsk;
  • 2001-yil — Vena koʻrgazmasi, „Dar Mira“, Vena, Avstriya;
  • 1999-yil — „Trilogiyasi mifa“, Chelyabinsk;
  • 1997-yil — Chelyabinsk viloyati rassomlari kuzgi koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1997-yil — „Bez Jyuri“, Rossiya Rassomlar uyushmasi aʼzolari koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1996-yil — „260-letiyu Chelyabinska“ mintaqaviy koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1995-yil — „50-letiyu Velikoy Pobedy“ mintaqaviy koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1989-yil — rassomlar koʻrgazmasi, Praga, Chexiya;
  • 1980-yil — 5-zonali koʻrgazma „Ural sotsialisticheskiy“, Tyumen;
  • 1979-yil — „50-letiyu Magnitogorska“ Butunittifoq badiiy koʻrgazmasi, Magnitogorsk;
  • 1975-yil — „30-letiyu Velikoy Pobedy“ mintaqaviy koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1973—2007-yillar — Rossiya Rassomlar uyushmasining har yili oʻtkaziladigan mintaqaviy koʻrgazmalari, Chelyabinsk;
  • 1973-yil — Chelyabinsk viloyati natyurmort rassomlarining koʻrgazmasi, Chelyabinsk;
  • 1973-yil — Chelyabinsk viloyati rassomlarining akvarel koʻrgazmasi, Chelyabinsk

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Владимир Сафронов“.
  2. „Художник Владимир Сафронов“.
  3. „Сафронов Владимир Сергеевич“.
  4. „Сафронов Владимир Сергеевич“.