Postimpressionizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Postimpressionizm (lot. post — keyin va impressionizm) — 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fransuz rassomlik sanʼatidagi asosiy yoʻnalishlar (neoimpressionizm, kubizm, fovizm, nabi va boshqalar)ning shartli umumlashma nomi. Oʻz ijodini impressionizm us-lubida boshlagan rassomlar uning in-qirozidan soʻng asta-sekin undan uzoqlashaboshladi. P. namoyandalari davrga hamohang badiiy tasvir vositalari ustida izlandi; impressionizmning oniy taassurotlari oʻrniga chuqur his-tuygʻuga boy joʻshqin shakllarni yara-tishga intilish kuchaydi (P. Sezann, Van Gog , P. Gogen, A. de Tuluzlotrek va boshqalar). Bu izlanish va amaliy faoliyatlar 20-asr tasviriy sanʼatining gʻoyaviy plastik rivojlanishi tamo-yillarini belgilab bergan muhim tarixiy bosqich vazifasini oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil