Magnitogorsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magnitogorsk - Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1931 yildan). Magnit togʻi etagida. Janubiy Uralning sharqiy yon bagʻrida, Ural daryosining har ikkala sohilida. Rossiya Federatsiyasi metallurgiya sanoatining eng yirik markazlaridan biri. 1929—34 yillarda Magnitogorsk metallurgiya kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholisi 426,1 ming kishi (1998). Yirik sanoat korxonalari: metallurgiya kombinati, metiz-metallurgiya, kalibrlash, kran zavodlari. Pianino fabrikasi mavjud. Mashinasozlik, kurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Konchilik-metallurgiya va ped. institutlari, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil