Kontent qismiga oʻtish

Impressionizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Impressionizm (fransuzcha: impression — taassurot) — sanʼatda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hukm surgan yoʻnalish. I. vakillari mavjud borliqni harakatda, oʻzgarishda tabiiyroq tasvirlashga, oʻz laxzalik taassurotlarini ifodalashga intilib, tasvirning jonli, haqqoniyligiga erishgan. Voqelikning tabiiyligi, inson va muhit birligida uning doimiy oʻzgaruvchanligi ifoda etildi.

Dastlab 1860-yillarda fransuz rangtasvirida vujudga kelgan. E. Mane, K. Mone, O. Renuar hayotdan olgan bevo-sita jonli taassurotlarini tasodifiy harakat, favqulodda holatlar ifodasida namoyon etdilar. Manzara, portret, koʻp shaklli kompozitsiyalarda ras-somlar tomonidan dastlabki taassurotlar kuchi va sofligi, betakror xususiyatlari mayda detallariga beril-masdan tasvirlandi. Impressionistlar ilk bor zamonaviy shahar hayotining serqirra koʻrinishlarini yaratib, asarlarida shahar manzarasi va undagi odamlar qiyofasida uning oʻziga xosligini aks ettirdilar. K. Mone, E. Dega, K. Pissarro, A. Sisley kabi manzara ustalari oʻz asarlarini ochiq havoda ishlab quyosh nuri jilosini, tabiatning rang-barang boʻyoklari boy maj-muasini yorqin aks ettirdilar, plener ularning asarlaridagi kundalik ohan-glarga quyosh nuri bilan toʻyingan, bay-ramona kayfiyat baxsh etgan.

Yetuk I. asarlari yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. I. xususiyatlari neoimpressionizm va postimpressionizmda taraqqiy etdi. Amerikada J. Uistler, Germaniyada M. Liberman, L. Korint, Rossiyada K. A. Korovin, I. E. Grabar va b. ijodi I. rivojiga hissa boʻlib qoʻshildi. 1880— 1910-yillarda I. koʻp rassomlar ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bu vo-qelikni yangi tomonlarini oʻzlashtirishda, plener usullarini egallashda namoyon boʻldi. I. qoidalari haykaltaroshlikda turli darajada oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlardan fransuz O. Roden, italiyalik M. Rosso, rus P. P. Trubetskiy, A. Golubkina va b. oʻz asarlarida harakatni, harakat paytida shakl oʻzgarishlarini ifoda etdilar.

Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L. Bure, O. Tatevosyan, P. Benkov, 3. Kovalevskaya, A. Mirsoa-tov va b. ijodida shu taʼsir seziladi.

Musiqada — I. Fransiya kompozitorlari ijodida 1880—90 yillarda paydo boʻlgan (K. Debyussi, keyinchalik M. Ravel, P. Dyuka va boshqalar). 20-asr boshidan Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tarqalgan (Ispaniyada M. de Falya, Italiyada O. Respigi, A. Kazel-la, Polshada K. Shimanovskiy va boshqalar). Musikiy I.ga tabiat manzaralari, tash-qi dunyo hodisalarini kuzatish jarayo-nida yuzaga kelgan his-tuygʻularni, no-zik ruhiy holatlarni aks ettirish xosdir. Asarlar tembr va garmoniyaning rang-barangligi, shakl rivojining erkinligi, ritmikasining beqarorligi bilan ajralib turadi.

Adabiyotda — I.ning bir necha us -lubiy yoʻnalishlari kuzatiladi. "Psixologik I." yoʻnalishida yaratilgan asarlar, ayniqsa, mashhur. Garchi bu yoʻnalishning asoschilari aka-uka Gonkurlar hisoblansada, yangicha shakldagi ruhiy taxlillarga boy asarlarni K. Gamsun, T. Mann, S. Sveyg , ayniq-sa, M. Prust ijodida koʻplab uchratish mumkin.

20-asr oʻrtalariga kelib I. uslub sifatida oʻz umrini tugatgan boʻlsada, turli mamlakatlar ijodkorlari orasida bu yoʻnalishda asarlar yaratayetgan yoxud ijodiy evolyusiyasining muayyan bosqichida unga ergashgan yozuvchilar topiladi. Xususan, oʻzbek adiblaridan X. Doʻstmuhammad ("Koʻz qorachigʻidagi uy", "Jajman" va boshqalar), N. Eshonqul ("Maymun yetaklagan odam" va boshqalar) ijodida shu yoʻnalishning taʼsiri seziladi.[1]

Italiyada tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Impressionistik mavzularni mustaqil va chuqur original tarzda talqin qilgan italyan rassomlari orasida Francesco Filippini (1853–1895) alohida o‘rin egallaydi. U hech qanday rasmiylashtirilgan harakatga mansub bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning rassomligi butun bir avlod italyan rassomlariga katta ta’sir ko‘rsatgan va Yevropa miqyosida figurativ maktab uchun muhim tayanch nuqtasiga aylangan.[2]

Bugungi tanqidchilar uni fransuz impressionizmining italyancha javobi deb hisoblaydilar, biroq yanada chuqurroq va mustaqil xususiyatlarga ega. Claude Monet faoliyati ko‘pincha kolleksionerlar va galereya egalari tomonidan bozor talablariga muvofiq yo‘naltirilgan bo‘lsa-da,[3] Filippini barcha tijoriy murosalarni rad etgan va introspektiv, axloqiy va falsafiy asosga ega san’at yo‘lini tanlagan.[4]

Uning qishloq landshaftlarini tasvirlash uslubi — atmosferaviy yorug‘lik va qishloq hayotining sha’niga e’tibor qaratgan holda — shaxsiy, bozor mexanizmlaridan holi poetikani yuzaga keltirdi. Ba’zi tadqiqotchilar uni XX asrdan avvalgi eng muhim italyan rassomi sifatida baholaydilar, u zamonaviy rassomlikning yo‘lini ochib bergan deb hisoblanadi.[5] Shuningdek, u futuristik sezgirlikning ilg‘or vakili sifatida tan olingan, ayniqsa Umberto Boccioni faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri bilan.[6]

Bugungi kunda noyob va topilishi qiyin bo‘lgan uning asarlari

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. V. Terraroli (tahr.), Francesco Filippini. Catalogo generale delle opere, Skira, Milano, 1999.
  3. Nancy Locke, “Monet and Modernism in America”, The Art Bulletin, jild 82, son 3, 2000.
  4. Rossana Bossaglia, La scapigliatura, Mondadori Electa, Milano, 1985.
  5. M. De Micheli, Le avanguardie artistiche del Novecento, Feltrinelli, Milano, 1966.
  6. Enrico Crispolti, Boccioni. Catalogo generale, Electa, Milano, 1971, jild I, s. 42.