Vilson kamerasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vilson kamerasizaryadlangan atom zarralari (proton, elektron va b.)ning harakat trayektoriyasini kuzatish, impulsi va zaryadi ishorasini aniqlash uchun moʻljallangan asbob. Ishi oʻta toʻyingan bugʻning kondensatsiyalanishiga, boshqacha aytganda tez zaryadlangan zarralarning izi boʻylab hosil boʻladigan ionlarda mayda suyuqlik tomchilari hosil boʻlishiga asoslangan. Stereoskopik tasvirni hosil qilish uchun zarralar izlari bir necha fotoapparatlar yordamida fotosuratga olinadi. Kamera hajmi tez kengayganda temperatura keskin pasayadi, shu tufayli bugʻ oʻta toʻyinadi. Ch. Vilson ixtiro qilgan (1912). V.k. yordamida yadro reaksiyalarida vujudga keladigan elementar zarralarning turgʻunligini, yadroning faolligi va b. xususiyatlarini oʻrganish mumkin. V.k. bir necha oʻn yillar davomida zaryadlangan zarralar izlarini qayd qiladigan yagona detektor vazifasini bajardi. 50—60-yillarda u oʻz ahamiyatini yoʻqotdi va hozir pufak kamerasi va uchqun kamerasi ishlatilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil