Kontent qismiga oʻtish

Magnit maydon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Magnit maydoni

Tabiatda shundau tabiiu metall birikmalari mavjudki, ular baʼzi bir jismlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan. Oʻz atrofida magnit maydonni uzoq vaqt uoʻqotmaudigan jismlarni doimiu magnit yoki oddiugina magnit deb ataymiz. Toʻgʻri shakldagi magnitni mayda temir boʻlakchalariga yaqinlashtiraylik. Bunda temir boʻlakchalari magnitning faqat ikki uchiga yopishganligiga guvoh boʻlamiz. Doimiy magnitning magnit taʼsiri eng kuchli boʻlgan joyini magnit qutbi deyiladi. Har qandau magnitda ikkita: shimoliu (N) va janubiu (S) qutblari mavjud boʻladi. Ularni oʻrtasida qutb boʻlmaydi….

Ikkita magnit strelkasi bir-biriga yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga roʻpara kelib toʻxtaudi. Bu hol magnitlangan jismlar orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligini anglatadi. Taʼsir kuchlari esa, maydon kuch chiziqlari orqali tafsiflanadi.

Magnit maydon kuch chiziqlarini toʻgʻridan toʻgʻri koʻra olmaymiz. Ammo, quyidagi tajriba yordamida biz magnit kuch chiziqlarining joylashuvi (yoʻnalishi) haqida tasavvurga ega boʻla olamiz. Buning uchun karton qogʻozga temir kukunlarini bir tekis sepib, uni yassi magnit oʻzagining ustiga qoʻyamiz. Qogʻoz varagʻini bir-ikki chertib yuborsak, temir kukunlari. Karton ustidagi temir kukunlari magnit uchlariga yaqin joylarda zich, qutblar orasida siyrakroq joylashganligini koʻrish mumkin. Temir kukunlarining egallagan oʻrni, magnit qutblarini bir-biriga bogʻlovchi kuch chiziqlarini oʻzida aks ettiradi. Magnit maydon kuch chiziqlarining yoʻnalishi shartli ravishda magnitning shimoliy qutbidan chiqib, uning janubiy qutbiga kiruvchi yopiq chiziqlardan iborat deb qabul qilingan. Kuch chiziqlari berk (yopiq) boʻlgan maydonlar uyurmaviy maydonlar deyiladi. Demak, magnit maydon uyurmaviy maydon ekan. Shu xususiyati bilan magnit maydon kuch chiziqlari elektr maydon kuch chiziqlaridan farq qiladi. Magnit maydonning chiziqlari kuch xarakteristikasini tafsiflovchi fizik kattalik magnit maydon induksiyasi deb ataladi. Magnit maydon induksiyasi vektor kattalik boʻlib, u harfi bilan belgilanadi.

Magnit maydon induksiyasining birligi qilib XBSda Serbiya fizigi Nikola Teslaning sharafiga Tesla (T) deb atash qabul qilingan.

Magnit maydon modda emas, balki alohida zarralardan mujassamlangan moddadan tamomila farqli ravishda, materiyaning fazoda uzluksiz mavjud boʻlgan turidir.

Tokli oʻtkazgichlarning magnit maydoni cheksizlikkacha yoyiladi, biroq masofa ortishi bilan magnit kuchlari juda tez zaiflashadi. Shu sababli amalda magnit kuchlarining taʼsirini tokli oʻtkazgichga yaqin masafalardagina sezish mumkin.

Tinch turgan elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon hosil boʻlgani kabi, toklar atrofidagi fazoda tokli oʻtkazgichga taʼsir etuvchi, materiyaning maxsus koʻrinishi boʻlgan magnit maydon hosil boʻladi. Mana shu magnit maydon kuchlarining manbayidir. Tabiiy magnit uzoq vaqt taʼsir ettirilganda magnitlangan poʻlat boʻlaklari sunʼiy magnitlar deyiladi.