Adiabatik jarayon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adiabatik jarayon (yun. Adia-batos — oʻtib boʻlmas) — tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvisiz oʻtadigan termodinamik jarayon. Adiabatik jarayon oʻtishi uchun jism butunlay issiqlik oʻtkazmaydigan qatlam (chegara) bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Tashqi muhit bilan sezilarli 192miqdorda issiqlik almashinib ulgura olmaydigan darajada tez oʻtadigan ja-rayonlar ham Adiabatik jarayonga juda yaqin boʻladi. Tovushning gazlar va boshqa jismlarda tarqalishi bunga misol boʻla oladi. Jism Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda uning ichki energiyasi kamayadi. Ideal gaz Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda (ken-gayganda) uning temperaturasi pasayadi. Aynan shu hodisadan gazlarni suyultirishda foydalaniladi. Toʻyingan bugʻ adiabatik kengayganida hoʻllanadi. Atmosferada sodir boʻladigan koʻpgina jarayonlarni Adiabatik jarayon deb qarash mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil