Trek (fizika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trek (fizikada) — muhitda harakatlanayotgan zaryadlangan zarraning unda qoldirgan izi. T. koʻrinishi zarraning tabiati va xossalariga bogʻliq. T.ni trek asboblar — pufak kamera, Vilson kamerasi, diffuzion kamera yordamida kuzatiladi. Pozitronlar, mezonlar, giperonlar va boshqa elementar zarralar ularning izlari orqali topilgan. T.ni oʻrganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.