Viktor Ufimsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Viktor Ivanovich Ufimsev (1899.21.11, Jan. Uraldagi Shadrinsk sh. yaqinida — 1964.31.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Omskdagi rassomlik kursida oʻqigan (1917—19). 1933 yildan Oʻzbekistonda. Hamza teatrida bosh rassom (1933—36), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining raisi (1940—45). U., asosan, tarixiy janrda ijod qildi, dolzarb mavzularga hozirjavoblik bilan asarlar yaratdi, asarlarida Oʻrta Osiyo xalklari hayotini aks ettirdi: "Turksib" (1931), "Qahramonnoma" (1936), "Jangovar reja" (1940); "Toshkent harbiy shahar" (1943) asarlar turkumi, "Yer va kelajak xaqida" (1957), "Buxoroyi Sharif" (1957), "Hayot guli" (1963), "Oldingi qatorda" (1964) va boshqa Natyurmortlar ("Moviy ryumkali natyurmort", 1949; "Siren", 1950; "Dala gullari", 1952; "Moviy gullar", 1954 va boshqalar), hajviy plakatlar va boshqa asarlar yaratgan, spektakllar ("Mening doʻstim", 1934; "Nomus va muhabbat", 1936 va boshqalar)ni badiiy bezagan. Xorijiy mamlakatlarda boʻlib, taassurotlari asosida kartinalar (mas, "Hindiston" turkumi va boshqalar) yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ufimsev Viktor Ivanovich" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil