Vladimir Mayakovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vladimir Mayakovskiy
1963. Марка СССР. Маяковский.jpg
Tavallud sanasi: 7-iyul 1893-yil(1893-07-07)
Vafot sanasi:14-aprel 1930-yil(1930-04-14)
(36 yoshda)
Vafot joyi:Moskva
Kasb: shoir, yozuvchi

Mayakovskiy Vladimir Vladimirovich [1893.7(19).7, Kutaisi shahri — 1930.14.4, Moskva] — rus shoiri. 1906 yil, otasi vafotidan soʻng , oilasi bilan Moskvaga koʻchib borib, klassik gimnaziyaga, 1911 yil esa tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik va meʼmorchilik bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Shu yili rus futuristpar guruhi tashkilotchisi D. Burlyuk bilan tanishgan. 1912 yil "Jamoat didiga tarsaki" toʻplamida dastlabki sheʼriy asari chop etilgan. Ijtimoiy silsilalar arafasida sheʼriyatga kirib kelgan M. simvolizm va akmeizm estetikasiga qarshi chikali, eʼtirof etilgan ustoz shoirlar, jumladan, A. Blokning badiiy tajribalariga tanqidiy yondashadi. 1913 yil "Vladimir Mayakovskiy" temperaturagediyasini yozadi, "Men!" ilk sheʼriy kitobi nashr etiladi. M.ning dastlabki ijodida "Cholvorli bulutlar" (1914—15) dostoni muhim oʻrin egallaydi. Bu dostonda institutim syujet ijtimoiy va kosmik miqyosga, sevgi esa bayroq — qalb darajasiga koʻtarilgan. M.ning Osip va Lilya Briklar oilasi, ayniqsa, Lilya Brik bilan tanishuvi uning taqdirida hal kiluvchi rol oʻynagan. Ijtimoiy hayotda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar M.ni chetlab oʻtmadi. M. 1917 yil Okt. davlat toʻntarishini xushnudlik bilan qarshi oldi. Undagi voqealarning shiddatli ruhini oʻz sheʼriyatiga singdirdi ("Soʻl marsh", 1918). Turli janr va sohalarda ham ijodiy kuchini sinab, bir necha filmlar ("Pul uchun tugʻilmagan", "Xonim va bezori" va boshqalar) ssenariylarini yozdi va bu filmlarda bosh rollarni ijro etdi. 1917 yil avg .da esa Musiqali drama teatrida davrning qaxramonona, epik va satirik tasviri boʻlgan "Misteriya-buff" pyesasi namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab M. isteʼdodi bolshevizm gʻoyalariga toʻla-toʻkis xizmat qiladi. M., insoniy sajiyasiga koʻra, xudbinlik, hasad, kalondimogʻlik, mansabparastlik, pora-xoʻrlik singari illatlar bilan murosa qila olmovchi kishi edi. M. bolsheviklarni jami-yatni ana shunday qusurlardan xalos etuvchi, sovetlar mamlakatini yuksak taraqqiyot manziliga eltuvchi kishilar, deb bildi. Shuningdek, u "yangi jamiyat"ni barpo etayotgan kishilar orasida ham haftafahm, amalparast kishilar borligini oʻz koʻzi bilan koʻrdi va ularni "Qandala" (1928), "Hammom" (1929) satirik pyesalarida aks ettirdi. Bu pyesalar koʻp oʻtmay taqikdanadi va Stalin vafotiga qadar (1953) hech yerda qoʻyilmadi. M. 1924—25 yillarda Fransiya, Amerika singari qator xorijiy mamlakatlarda boʻldi. "Amerikani kashf etishim" asarida buyuk mamlakatning kuch-qudratidan hayratga tushdi, shu bilan birga bu mamlakatda dollarning axloq va vijdon mezoniga aylanganidan oʻpkalandi. M. ijodining soʻnggi bosqichida ana shu nafrat va muhabbat tuygʻulari shoir asarlari ("Hayqiriq", "Juda soz!", "Qandala", "Hammom" va boshqalar)ning bosh leytmotivi darajasiga koʻtarildi. U oʻz ijodi va jangovar soʻzi bilan sotsialistik qurilishga hissa qoʻshishga urindi. Gorkiy bilan birga shoʻro adabiyotidagi sotsialistik realizm metodi asoschisi boʻldi. Ammo u ishongan davlat tizimi oʻsha yillardayoq byurokratik apparatga aylanib borayotgan, u ishongan davlat rahbarlari esa xalqdan va uning peshqadam siymolaridan yuz oʻgirayotgan edilar. M. bir tomondan, RAAPchi safdoshlari (proletar yozuvchilari) tomonidan tark etilgan, ikkinchi tomondan, "muhabbat kemasi", oʻzi yozganidek, suv osti toshlariga urilib shikastlangan. M. 1930 yil 14 aprelda oʻzinioʻzi otib oʻldiradi.

M. isyonkor sheʼriyati bilan nafakat rus, balki L. Aragon, P. Neruda, V. Bronevskiy, Nozim Hikmat, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon singari turli millatga mansub shoirlar ijodiga katta taʼsir oʻtkazdi. Sheʼriyatning tarixiy-ijtimoiy davr bilan hamqadam, joʻshqin va shiddatli hayotga hamnafas boʻlishida, yangi shakl va tasvir vositalarini axtarib topishda M. anʼanalari oʻz rolini oʻtadi. Ammo shu bilan birga sheʼriyatning siyosatlashishi va mafkuraviy qurolga aylanishida ham M.ning taʼsiri kattadir. Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, A. Muxtor tomonidan "Hayqiriq", "Juda soz!" va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Polnoye sobraniye sochineniy, 1 — 13 t., M., 1955—61; Tanlangan asarlar, T., 1966.

Adabiyot[tahrir]

  • Rasuliy M., Mayakovskiy asarlari oʻzbek tilida, T., 1961; Rasuliy M., Mayakovskiy v Oʻzbekistane, T., 1965.