Vardonze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Varzonzedan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Vardonze, Varzonze, Vardona, Vardanzi — Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi "Qoʻrgʻoni Vardonze" nomi bilan mashhur yodgorlik (619-asrlar). Qoʻrgʻonning uz. 110 m, kengligi 60–70 m, bal. 45–50 m. Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Shopurkom (Shopur + kom (ariq)) atamasi sosoniylar shahzodasi Shopur ismidan olingan. Shopur Buxoroga kelib, buxorxudotlan yer olib qasr va qishloq qurdirgan va unga ariq keltirgan. Narshaxiyning yozishicha, bu katta bir qishloq boʻlib, kuhandizga, katta va mus-tahkam hisorga ega. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kuni bozor boʻlib savdogarlar koʻp kelar edi. Arablar hujumi arafasida (8-asr boshi) V. Buxorodan alohida mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan. V. hukmdori vardonxudot arablar uchun buxorxudotlardan xavfliroqboʻlgan. 10-asr

da V. obod shahar edi. V.da toʻqilgan kaʼbapoʻsh Makkaga olib borilgan. Akad. Ya. Gʻulomovnish arxeologik va etn. kuzatishlari V.ning 19-asr oxirlarigacha obod savdohunarmandchilik shaharchasi boʻlib kelganligini koʻrsatadi. 18—20-asr boshlarida V. Buxoro amirligining Shofirkon tumani markazi boʻlgan. 18—19-asrlarga kelib Buxoro amirligi va Xiva xonligi oʻrtasidagi ichki nizolardan V. ancha jabrlangan. S. Ayniy guvohlik berishicha, 1880-y.larda V. va uning atroflarini qattiq shamol natijasida kuchli qum bosadi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, V. 20-asrning boshida ham obod boʻlib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatidagi oʻz mavqeini saqlab qoldi. Mulla Qurbonjon Fitrai Vardonzehiy Buxoriy (vafoti 1888 yil) V.da tugʻilib oʻsgan boʻlib, tojik va oʻzbek tillarida sheʼrlar yozgan, Buxoroning mashhur qozilaridan biri boʻlgan. V. va uning atroflari Buxoro amirligi, qizil askarlar tomonidan tugatilgach, BXSRda boshlangan mujohidlar harakatining asosiy markazlaridan biriga aylandi (1920-24 y.lar). Aholi 1954 y. gacha V. qoʻrgʻonida yashagan, soʻnggi qum bosishdan keyin uni tark etishga majbur boʻlgan. Bugungi kunga kelib V. oʻrnida qoʻrgʻontepalik mavjud. Qoʻrgʻonning ustida marmartosh saqlanib qolgan. Hoz. paytda qoʻrgʻon atrofi nurab, ancha yemirilib, ayrim joylari oʻpirilib ketgan. Bu hududda Qoʻrgʻoni Vardonze, Koʻhna Vardonze qishloklari bor. Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya at-Tabari, T., 1987.

Qahramon Rajabov.