Vardonze davlat tabiat yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vardonze davlat tabiat yodgorligi — davlat muhofazasida boʻlgan noyob tabiat yodgorliklaridan biri. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan. Dastlab 1975-yilda qoʻriqxona sifatida tashkil etilgan. Choʻllarning jadal oʻzlashtirilishi bilan qoʻriqxonalik ahamiyatini yoʻqotdi va 1983-yildan davlat tabiat yodgorligiga aylantirildi. Mayd. 300 ga. Uning hududida qumliklar, qad. Vardonze (Qoʻrgʻoni Vardonze) yodgorligi bor. Noyob saksovul daraxtlari, Rixter cherkezi, yulgun va b. oʻsadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil