Kontent qismiga oʻtish

Valeriy Xarlamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valeriy Borisovich Xarlamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Taxallusi/Laqabi Afsonaviy17, Ispanyalik
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi

SSSR
Tavallud sanasi 14.01.1948
Moskva, SSSR
Vafot sanasi 27.08.1981
Moskva — 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri
Faoliyat yillari 1967—1981
Boʻyi 1,73 m
Vazni 76 kg
Turmush oʻrtogʻi Irina Xarlamova
Bolalari Alexander Kharlamov, Bugonita Kharlamova
Sport
Mamlakat

SSSR bayrogʻi

SSSR
Pozitsiyasi Himoyachi (shaybali xokkey)
Klubi

SSSR bayrogʻi 1967 CSKA

SSSR bayrogʻi 1967—1968 Zvezda (Chebarkul)

SSSR bayrogʻi 1968—1981 CSKA
Faol tomoni Toʻpurar, Chap qanot hujumchisi
Murabbiy(lar)i Kulagin, Boris Pavlovich
Medallar
Medal soni
Qishki Olimpiada oʻyinlari
OltinSapparoSSSR
OltinInsburgSSSR
KumushLeyk Plasid, Nyu-YorkSSSR
Jahon chempionati
OltinShevetsiya 1969SSSR
OltinShevetsiya 1970SSSR
OltinShevisariya 1971SSSR
OltinSSSR 1973SSSR
OltinFinlandiya 1974SSSR
OltinGʻarbiy Germaniya 1975SSSR
OltinChexoslavakiya 1978SSSR
OltinSSSR 1979SSSR
KumushChexoslovakiya 1972SSSR
KumushPolsha 1976SSSR
BronzaAustriya 1977SSSR
Shaybali xokkey
SSSR bayrogʻi SSSR vakili

Valeriy Borisovich Xarlamov (1948-yil 14-yanvar, Moskva — 1981-yil 27-avgust, Moskva viloyati, Solnechnogorsk yaqinidagi Leningradskoye shossesining 74-kilometri) — sovet xokkeychisi, 1967—1981-yillarda CSKA jamoasi hujumchisi. 1969 —1980-yillarda esa SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1969-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Ikki karra Olimpiya chempioni (1972, 1976) va sakkiz karra jahon chempioni. SSSRning eng yaxshi xokkeychisi (1972, 1973). 1970-yillarda SSSRning etakchi xokkeychilaridan biri. Xarlomov nafaqat sovet ittifoqida, jahonda ham Xokkey tarixidagi eng yaxshi xokkeychilardan biri deya tan olingan. 1998-yilda Xalqaro xokkey federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritlgan . 2005-yilda Torontodagi Xokkey shon-sharaf zali aʼzosi.

Otasi — Boris Sergeevich Xarlamov (26.06.1927—27.01.2010) — „Moskva Kommunar“ zavodining sinov mexanigi . Onasi — Asli Ispan, Ispaniyaning Bilbao shahridan, asil ismi Karmen Orive-Abad (Carmen Orive Abad, laqabi Begoña, Begonia) (1925—1987), 1937-yilda SSSRga olib ketilgan (fuqarolar urushi Ispaniya qochqinlari orasida), 1940-yillardan oʻsha zavodda revolver tokar boʻlib ishlagan.

Boris va Begonia ilk marta Kommunar zavodi raqs klubida tanishishadi. Oʻshanda Boris Xarlamov klubga urushdan oldin tanish boʻlgan ispan doʻsti bilan kelgan va u yerdan Valeriyning boʻlajak onasi bilan ketgan[1].

Valeriy Xarlamov 1948-yil 13 yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi Moskvada tugʻilgan. Boris va Begoniya oʻsha kuni Kommunar zavodining yotoqxonasida edilar. Kech yaqinlashganda, Begonia tugʻruq vaqti boshlanganini his qiladi. Shoshilinch ravishda tez yordam zavod mashinasi chaqirilib, uni tug‘ruqxonaga olib borishadi. Oʻsha kuni tongda yosh Xarlamovlar oilasida oʻgʻil farzand dunyoga kelgan[2].

Xarlamovlar oʻz farzandlariiga Sovet sinovchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Valeriy Chkalov sharafiga Valeriy deb ism qoʻyishadi. Boris va Begonia faqat yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlganliklari sababli farzandli boʻlishni rejalashtirishmagan edilar. Valeriy tugʻilgandan uch oy oʻtibgina, nikohlarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishadi — Boris Xarlamov buni „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib bergan.

1949-yilga kelib Xarlamovlar oilasida qiz farzand tugʻiladi va qizaloqa Tatyana deb ism qoʻyishadi.

Bolalik va yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valeriy Xarlamovning bolaligidan xokkey hamda futbolga judaham qiziqar va ular bilan muntazam shugʻullanar edi. Valeriy yetti yoshiligidayoq muz ustida konkida ucha boshlagan. Otasi tez-tez zavod jamoasi uchun maydonchada rus xokkeyi bilan shug;ullangan. Oʻgʻlini oʻzi bilan birga oʻyinga olib borgan[3].

1956-yilga kelib, 1937-yilda SSSRga kelgan ispanlar oʻz vatanlariga qaytish imkoniga ega boʻlgach, Valeriy onasi va singlisi bilan Ispaniyaga joʻnab ketadi, Ispaniyaga borgan Valeriy bir necha oy Bilbao shahrida yashaydi hamda shahar maktabida bir muddat taxsil olgan.

1961-yil mart oyida Xarlamov boshqa organlarda asoratlarni keltirib chiqaradigan Oʻtkir tonzillit bilan kasal boʻlib qoladi: shifokorlar unda yurak kasalligi borligini aniqladilar va revmatik kardit tashxisini qoʻyishadi Shu paytdan boshlab Valeriyga maktabda jismoniy tarbiya darslariga borish, hovlida yugurish, ogʻir yuk koʻtarish, suzish va hatto pioner lageriga borish taqiqlangan.

Biroq Valeriyning otasi boshqacha fikrda edi, hamda uni Rossiyaga qaytarib olib kelgan va oʻsha yerdagi xokkey klubiga olib borgan. Bu ishlarning barchasini Valeriyning onasidan yashirincha qilshgan. Xarlamov koʻp marotaba Ispaniyaga borib kelganligi tufayli Ispan laqabini ham olgan. Shundan keyin u moʻjizaviy tarizda, hech bir sabablarsiz ogir hastalikdan sogʻayib ketadi[4].

Sovet Ittifoqi ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xarlamov 12 yoshida CSKA safida muvaffaqiyatli oʻynay boshlaydi[5]. 1967-1968 yilgi mavsum uchun kattalar jamoasi tarkibiga jalb eetiladi hamda 1967-yilning 22-oktyabrda HC Sibir jamoasiga qarshi baxsda SSKA safida debyut qiladi[6]. Ammo oʻsha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Anatoliy Tarasov Xarlamovni jamoa uchun kerakli oʻyinchi deb hisoblamaydi hamda jamoa tarkibidagi 15 oʻyindan soʻng Xarlamovni uchinchi divizion aʼzosi Zvezda Chebarkul jamoasiga tarkibiga bir mavsumga berib yuborishadi. Zvezda chebraku tarkibida 32 oʻyinda 34 ta gol urib, jamoaning toʻp urariga aylanadi[7].

Keyingi mavsumdan Xarlamov CSKA tarkibiga qaytadi. Mavsumda 42 oʻyinda 37 ta gol urib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Umumiy hisobda mavsum oʻyinlarida jami 49 ochko yigʻgan Valeriy liganing uchunchi eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan; 1968-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan oʻyinda u birinchi marta Vladimir Petrov va Boris Mixaylovlar singari koʻzga koʻringan oʻyinchilar bilan bir tarkibda maydonga tushadi[8]. Uchala oʻyinchi ham keyingi bir necha yil davomida CSKA bilan ham, xalqaro miqyosda ham birga oʻynashadi hamda xokkey tarixidagi eng mashhur chiziqlardan birini tashkil etishadi[9]. Mavsum oraligʻida Xarlamov va uning sherilari Petrov va Mixaylovlar xalqaro turnirda gʻalaba qozonganliklari uchun xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻlishadi[10].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xarlamov Rossiyaning 2023 yilgi pochta muqovasida
   
Mavsum Jamoa Liga GAOchkPen
1967-1968-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 152356
1968-1969-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 4237124924
1969-1970-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 3333104316
1970-1971-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 3440125218
1971-1972-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 3124164022
1972-1973-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 2719133222
1973-1974-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 2620103028
1974-1975-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 3115243935
1975-1976-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 341818366
1976-1977-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 211882616
1977-1978-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 2918244235
1978-1979-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 4122264836
1979-1980-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 4116223840
1980-1981-yilgi mavsum CSKA Moskva Sovet ittifoqi 309162514
Sovet ittifoqi ligasida jami 438293214507318
Yil Jamoa Turner   GAOchkoPen
1969 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 1067134
1970 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 973104
1971 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10512172
1972 Sovet ittifoqi Kanada-SSSR seriyasi 734716
1972 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 597162
1972 Soviet Union Jahon Chempionati 9861410
1973 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 109142331
1974 Sovet ittifoqi Kanada-SSSR seriyasi 82684
1974 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 1055108
1975 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 9106164
1976 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 63696
1976 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 10410144
1977 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 1097164
1978 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 104594
1979 Sovet ittifoqi Jahon Chempionati 877144
1980 Sovet ittifoqi Olimpiada oʻyinlari 738112
Jahon Chempionatida jami 105748215679
Olimpiada oʻyinlarida jami 1815213610

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR va Rossiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mukofot yil
Xizmat koʻrsatgan sport ustasi 1969-yil
SSSR ligasi Yil oʻyinchisi 1971-1972, 1972-1973-yillar
Rossiya xokkey shon-sharaf zali 2014-yil
Mukofot Yil
Xokkey boʻyicha jahon chempionati ramziy terma jamoasi 1972, 1973, 1976-yillar
Xalqaro xokkey federatsiyasi shon-sharaf zali 1998-yil[11]
Xalqaro xokkey federatsiyasi yulduzlar jamoasi 2008-yil
Toronto shon-sharaf zali 2005-yil
  1. . Bu voqiyani Boris Xarlamov „Valeriy Xarlamov, muz ustidagi buqalar jangi“ hujjatli filmida aytib oʻtgan.
  2. Po vospominaniyam Anatoliya Tarasova, Begoniya rodila sina v mashine: „I xotya shofyor gnal na prilichnoy skorosti, v роддом oni priexali s eщyo odnim passajirom — v puti u molodoy mami na svet poyavilsya sin“ (Tarasov A. V. Tri skorosti Valeriya Xarlamova // Levin B. M. Tri skorosti Valeriya Xarlamova. — M., 1984. — S. 13).
  3. Харламов Б. С. „Как рассказать мне о Валерии“, . Три скорости Валерия Харламова. М.: Физкультура и спорт, 1984 24-bet. 
  4. Dvortsov, V.A.; Yurev, Z.Y.. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru). Moscow: Sovetskaya Rossiya, 1984 20–21-bet. 
  5. Kulagin, B.P. „Он играл для людей (He played for the people)“, . Три скорости Валерия Харламова (Three Speeds of Valeri Kharlamov) (ru). Moscow: Fizikultura i Sport, 1984 40–41-bet. 
  6. Tarasov, A.V.. Три скорости Валерия Харламова (Three Speeds of Valeri Kharlamov) (ru). Moscow: Fizikultura i Sport, 1984 18-bet. 
  7. Martin, pp. 132-133
  8. Dvortsov; Yurev. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru) 60-bet. 
  9. Hockey Hall of Fame. „Valeri Kharlamov Biography“. LegendsofHockey.net (2017). Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  10. Dvortsov; Yurev. Форвард № 17 (Forward No. 17) (ru) 97-bet. 
  11. „ХАРЛАМОВ, ВАСИЛЬЕВ, ФИРСОВ И ТИХОНОВ ИЗБРАНЫ В ЗАЛ СЛАВЫ ИИХФ“ (ru). Sport Express (1988-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.