Talha ibn Ubaydulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Talha ibn Ubaydulloh
Asl ismi arab. طلحة بن عبيدالله
Tavalludi sanasi 595-yil
Tavallud joyi Makka
Vafot sanasi 656-yil
Vafot joyi Basra
Ota-onasi Ubaydulloh ibn UsmonSa‘ba binti Abdulloh

Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Ka‘b al Quroyshiy (arab. طلحة بن عبيدالله; 595-656) — Islom payg’ambari Muhammadning ilk safdoshlari (sahoba)dan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan[1].

Biografiya[tahrir]

Arablarning Quroysh qabilasidagi Toim ibn Murra qabilasidan kelib chiqqan[2]. Abu Bakr Siddiqning qarindoshi hisoblanadi[3]. Abu Bakrning va do’stlarining tavsiyasi bilan Islomni qabul qilgan. Uhud jangida Muhammadni himoya qilgan va Jannat bashoratini olgan. Muhammadning o’limidan so’ng xalifalikka Abu Bakr nomzodiga ovoz bergan. Xalifa Usmon ibn Affonning o’limidan ko’p o’tmay, Tuya jangida halok bo’lgan. O’g’li Muhammad ibn Talha ham shu jangda o’lgan. Yana bir o’g’li Muso ibn Talha esa uning boy merosiga ega bo’lgan. Qizi Oysha binti Talha esa, arablarning nufuzli ayollaridan biri edi.

Manbalar[tahrir]