Abdurahmon ibn Avf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdurahmon ibn Avf (taxminan 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. Abdurahmon ibn Avf ham Habashistonga, ham Madinaga koʻchgan muhojirlardan. Badr, Uhud va boshqa janglarda Muhammad (sav)ning yonlarida boʻlgan. Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, soʻngra tijorat bilan shugʻullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni koʻp qiladigan, bu odatni yaxshi koʻradigan zot boʻlgan. Bir kunda oʻttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini gʻoziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan soʻng xalifa boʻlishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bayʻat qilgan. Abduramon ibn Avf Abdur Rahman bin Awf, (Arabchasi:عبد الرحمن بن عوف‎) Fil yilidan 10 yildan so'ng tavallud topgan va 31 hijriy yilda – 652 milodiyda 72 yoshida vafot topgan. Payg'ambar s.a.v ning sahobalaridan.


Ismi Uning haqiqiy ismi Abdul Amr (Amrning quli) bo'lgan. Islomga kirishi bilan Payg'ambar s.a.v uning ismini Abdulrohman – “Eng kechirimlining quli” deya o'zgartiradilar. Ismlari yana quidagi shakllarda keladi: Andel Rahman ibn Auf, Abdur-Rahman ibn 'Auf, Abdur-Rohman bin Auf va Abdel-Rahmon ibn Auf.

Islomga kirishi Abu Bakr r.a bir kuni ibn Avfga Islom haqida so'zlab beradilar va Payg'ambar Muhammad s.a.v bilan uchrashishga taklif qiladilar va bu uchrashuv ibn Avf r.a ning iymon kalimalarini keltirishi bilan yakunlanadi. So'ngra Payg'ambar s.a.v unga Islom va Ibodatda ta'lim bera boshlaydilar. Bu voqea ilk musulmonlarning Al-Arqamning uyini makon tutishlaridan avvalroq sodir bo'lgan edi. Shuni ta'kidlash lozimki Abdurahmon ibn Avf Iymon keltirgan ilk 8 kishidan biridir. Tahminan 614 yildan boshlab Quraysh kofirlari Payg'ambar s.a.v va ularning safdoshlariga ochiqdan ochiq dushmanlik yo'liga o'tdilar. Musulmon bo'lgan savdogarlarga esa: “Keltirgan tijorat mollaringi sotib olmaymiz va sizlarni qashshoqlashtiramiz” deya dag'dag'a qilishni boshlashdi. Abdurohman 615 yilda 15 kishilik guruhda Efiopiyaga hijrat qiladi. Keyinchalik boshqa musulmonlar ham ular ortidan hijrat qilib ketdilar va Efiopiyadagi jami musulmonlar soni 100 dan oshib ketdi. “Ular u yerda o'zlarini havfsiz his qilishar, Allohga ibodatlarini hech qanday havfdan qo'rmasdan amalga oshirishar, va buning uchun ularga juda iliq mehmondo'stlik ko'rsatib o'z himoyasiga olgan Najoshiydan minnatdor edilar.” 619 yilning ohirlari va 620 yilning boshlarida ular Makkaliklarning ko'pchilig Islomni qabul qilganliklari haqidagi habarni eshitishadi. Abdurohman yurtiga otlangan ilk 40 kishi safida Makkaga qaytib ketadi. Biroq Makka yaqiniga kelishganida ularga yetib kelgan habar yolg'on ekanligi ma'lum bo'lib qoladi va natijada shaharga yashirincha yoki kimnidir himoyasi ostida kirishga majbur bo'lishadi.

Madinaga Hijrat 622 yilda Abdurohman Madinaga boshqa musulmonlar qatorida hijrat qilib ketadi va u yerda o'z tijoratini boshlab oyoqqa turguncha Saad ibn Al-Rabi bilan bir uyda yashay boshlaydi.

Badr Janggi Abdurohman Islomning ashaddiy dushmani bo'lmish Umayya ibn Halaf bilan do'st edi. Madinaga hijrat qilarkan Abdurohman Umayya bilan yozma kelishuv qilib oldi va bu kelishuvga asosan Abdurohman Madina shahrida Umayyaga tegishli mol-mulk va oila a'zolarini himoya qilishi va aksincha Umayya Abdurohmanga tegishli mol-mulk va oila a'zolarini Makka shahrida himoya qilishlari shart edi. …..............................................................................................................................................................................................................


Bu ikki do'st 624 Milodiy yilning Mart oyida Badr janggida uchrashishdi. Bu uchrashuvni Abdurohman quyidagicha hikoya qiladi: “Badr kunida hamma uyquga ketganda uni himoy”a qilish uchun tepalikka chiqdim. Bilol uni ko'rib qoldi (Umayyani) va Ansorlarni yig'ish uchun ketdi va ularga qarab: “Ana u Umayya bin Halaf! Sho'rim qurib qolsin agar u qochib qolsa!” dedi va Ansorlarni bir guruhi Bilol bilan ortimizdan quvib kela boshlashdi. Ular bizga yetib olishlarida qo'rqib qochar ekanmiz ularga Umayyaning o'g'lini ularga ushlanib qolishlari uchun tashlap ketdim. Biroq Ansorlar uni o'ldirishdi va bizni ta'qib qilishni davom etishdi. Umayya jismonan semiz odam edi shuning uchun ular bizga yetib olishlariga bir bahya qolganida men Umayyaga tiz cho'kikalab olishini aytdim va uni himoya qilish uchun o'zimni uning ustiga tashladim. Lekin Ansorlar shamshirlarini yon taraflarimdan suqib uni o'dirishdi va birlari qilichi bilan oyog'imni ham yaraladi. (Hikoya qiluvchi : “Abdurohman oyog'ining orqasidagi jarohatini bizga ko'rsatar edi” deya aytar edi.)

Daumatul Jandalni fath etilishi Milodiy 626 yilning Avgust oyida, Payg'ambarimiz s.a.v Abdurrohman ibn Avfni Daumatul Jandal yeridagi Kalb qabilasiga hujum qilish uchun yubora turib unga quidagi yo'riqnomani beradilar: “Buni ol ey Ibn Avf, Alloh yo'lida barcha bilan jang qil va unga shak keltirganlarni qatl qil. O'lja borasiga yolg'onchi bo'lma, Hiyonat qilma, zulm qilma va bolalarni o'ldirma. Bu Allohning buyrg'i va oralaringizdagi Payg'ambarning amalidir.” Abdurrohmana Kalbliklarni mag'f etib ulardan Islomga sodiqlik haqida ahd oldi. So'ngra qabila boshlig'ining qizi bo'lmish – Tamadur binti Al-Asbag'ga uylanish va uni Madinaga olib kelish orqali bu yangi tuzilgan ittifoqni mustahkamladi.

Halifalarning saylanishidagi Ishtiroki. 634 Milodiy yilning Avgustida o'lim to'shagida yotgan Halifa Abu Bakr r.a o'z huzuriga Abdurrohman va Usman r.a larni chorlaydi va o'zining o'rniga yangi Halifa etib Umar ibn al-Hattobni tanlaganini ma'lum qiladi.

Bundan 10 yil o'tib – 644 Milodiy yilda yaralangan halifa – Umar r.a olti kishini (Shuaro Kengashi) o'zidan keyingi Halifani tanlash uchun tanlaydi. Ushbu kengash a'zoligiga – Saad ibn Abi Waqqos, Abdulrahmon ibn Avf, Zubayr ibn al-Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Ali ibn Abi Tolib va Usmon ibn Affonlar tayinlangan edilar. Abdurrohan ibn Avf tomonidan uchinchi halifa etib Usmon bin Avf tanlangan edi.

Oilasi. Abdurrohman ibn Avf r.a kamida o'n besh marotaba uylangan va bizga ma'lum bo'lgan farzandlarining soni yigirma sakkiztadir. 1. Ummu Kultum binti Utba al-Abdushamsiya A) Salim (Islomdan avval vafot topgan) 2. Shayba ibn Robia ibn Abdushamsning qizi A) Umm Al-Qosim (Islomdan avval dunyoga kelgan) 3. Habiba binti Jaxsh al Asadiya (Farzandsiz) 4. Tamadir binti Al-Asbag' al Kalbiya. Ibn Avf r.a ohirgi kasalligi davrida u bilan ajrashgan bo'lishiga qaramasdan, boshqa yana uchta ayollaridek undan qoladigan merosning 1/32 qismiga ya'ni tahminan 80.000 – 100.000 dirhamga ega bo'ldilar. A) Abdulloh (Abu Salama) 5. Ummu Kulsum binti Uqba al -Umayyiya A) Muhammad. Shu farzandidan ibn Avf r.a ning kunyalari “Abu Muhammad” olingan B) Ibrohim C) Humayd. D) Ismoil E) Hamida F) Amat ar-Rahmon (kattasi)

6. Sahla binti Osim. Madining Baliyy qabilasidan. A) Maan B) Umar C) Zayd D) Amat ar-Rahmon (kichigi)

7. Bahriya binti Hani. Shayban qabilasidan. A) Urva – Kattasi. (Ifriqiyada o'ldirilgan). 8. Sahla binti Suhayl . Qurayshning Amir ibn Luayy qabilasidan. A) Salim – Kichkinasi. (Ifriqiyada o'ldirilgan) 9. Ummu Hakim binti Qoriz A) Abu Bakr

10. Abu al-His ibn Rofining qizi. Madinaning Abdulashxal ibn Avs qabilasidan. A) Abdulloh. (Afrikani zabt etishdagi janglarda halok bo'lgan) 11. Asmo binti Salama A) Abdurrahmon 12. Umm Hurayz. Bahralik urushdan qo'lga olingan asira. A) Mus'ab B) Amina C) Maryam 13. Majd binti Yazid al-Himyariya A) Suhyal (Abu'l-Abayd) 14. Zaynab binti As-Sabbah A) Umm Yahyo 15. Badiya binti G'aylon al-Saqafiya A) Juwayriya 16. G'assol binti Husrav. (Joriya) Madoinda qo'lga olingan asira A) Usmon 17. Boshsqa Joriyalar (Ismlari nomalum) A) Urwa B) Yahyo C) Bilol

Sahiyligi Abdurahmon ibn Avfning r.a. Sahiyligi va qo'li ochiqligi haqida juda ham ko'p rivoyatlar qilingan. Bir safar u 1500 tuyani Payg'ambarimizga jihozlab bergan. Bundan tashqari yana 400 dinorni Badrda omon qolganlarga va juda katta mol mulkni Payg'ambarimiz s.a.v dan keyin qolgan ayollariga vasiyat qilib ketgan. Bir kuni u 700 tuyadan iborat savdo karvonini Madinaga olib keladi. Oysha r.a aytadilar: “Men Allohning Payg'ambar s.a.v bunday deganlarini eshitdim: 'Men Abdurahmon ibn Avfning Jannatga sudralib – ormalab kirayotganini ko'rdim'”. Bu habar Abdurahmon ibn Avf r.a ga aytilganda u: “Agar imkonim bo'lganda albatta Jannatga tik turgan holimda kirar edim, Allohga qasamki ushbu karvonning barchasini sadaqa qilib yuborurman” dedi va shunday ham qildi.

Vafoti Abdurohman ibn Avf r.a Usmon r.a halifaligi davrida Levantda (بلاد الشام) hijriy 33 yilda (653-654 milodiy) vafot etdi. Uning jasadini hozirgi Ummon va Iordaniyada joylashgan tepalikning Shimoliy-Sharqiy qismiga dafn etiladi.

Abdurahmon ibn Avf Jannat habari berilgan 10 kishidan biri deya e'tirof etiladi ( al-asharatu-l mubashshirin).