Tuya (oʻsimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuya (Thuja), tuyya,biota — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil bir uyli oʻsimliklar turkumi. 5 turi Sharqiy Osiyo togʻlarida (Gʻarbiy Xitoy, Koreya, Yaponiya) va Sharqiy Amerikada tarqalgan. Dare qirgʻokdari pastliklarida va botqokliklarda usadi. Daraxti bal. 12–18 m, baʼzida 45– 60 m ga boradi. Shoxshabbalari piramidasimon yoki konussimon. Shoxlari yotik, yoki tik koʻtarilgan. Novdalari nozik, qattiq barglari bilan birga toʻkiladi. Barglari tangasimon. Urugʻlari yapaloq, qanotli, smolali. Ikki turi — gʻarb T.si (T. occidentalis; boʻyi 12 m gacha, iyunda gullaydi, 100 yildan ortiq yashaydi) va ulkan T. (T. plicata; bal. 45–60 m, shoxshabbasi tigʻiz piramidasimon, yogʻochi qimmatbaho) shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ekiladi.