Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Alimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Alimov Shavkat Orifjonovichdan yoʻnaltirildi)
Shavkat Orifjonovich Alimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-mart 1945-yil (1945-03-02) (81 yosh)[1]
Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizika va matematika oʻqituvchisi, diplomat
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni

Shavkat Orifjonovich Alimov (1945-yil 2-mart Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR ) — sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1973), matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), professor (1974). Moskva davlat universiteti (MDU)ni tugatgan(1967). MDUda (1974—84) ishlagan, Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor oʻrinbosari (1984-85), Samarqand Davlat Universiteti (1985-1987), Toshkent Davlat Universiteti (1987—1989) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1990-91), Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi (1995—98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va di-plomatiya universitetida prorektor (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizi-kaning xususiy hosilali differensial tenglamalari muammolariga, xususan oʻz-oʻziga qoʻshma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differensial va integral tenglamalar muammolariga bagʻishlangan. "Karrali qatorlar va Fu-re integrallari" monografiyasi Ger-maniyada ("Springer Verlag" nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).[2]

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Orifjonovich Alimov 1945-yil 2-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Dastlab oʻrta maʼlumotni Toshkent shahridagi 88-umumtaʼlim maktabida olgan va oltib medalga bitirgan.

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]