Kontent qismiga oʻtish

Obid Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sodiqov Obid Sodiqovichdan yoʻnaltirildi)
Obid Sodiqov
Tavalludi 15-noyabr 1913-yil
Vafoti 21-iyul 1987-yil(1987-07-21)
(73 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiXalqlar doʻstligi ordeni

Obid Sodiqovich Sodiqov (1913.15.11 — Toshkent — 1987.21.7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). S. sobiq SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937), shu universitetda dotsent (1942—46), Oʻsimlik moddalari (keyinchalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafedrasida mudir (1946—74), ilmiy rahbar (1974-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (194650). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1947-57). Toshkent Davlat Universiteti rektori (195866). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenta (196684). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo boʻlimi rahbari (1973—77), Bioorganik kimyo instituti direktori (1977—87). Asosiy ilmiy ishlari organik va bioorganik kimyoga oid. S. Oʻrta Osiyodagi oʻsimliklarni tekshirib, 100 dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izoxinolin katori alkaloidlarini ajratib o.vdi, ularning tuzilishi, konformatsion holati va biogenetik oʻzgarishlarini anikdadi. S. rahbarligida gʻoʻza bargi, chigiti, qobigi, guli va gʻoʻzapoyadan uglevodorodlar, yuqori molekulali spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavonoidlar, polifenollar, gossipol va uning yoʻddoshlari, uglevodlar, shuningdek, A, Ye, R, Gʻ kabi vitaminlar ajratib olindi; koʻpgina preparatlar (anabazingidroxlorid, gossipol, gossipol linimenti, megosin malhami, batriden tabletkasi, gozanidon tabletkasi va boshqalar)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi. S. tashkil qilgan maktabda gʻoʻzani vilt bilan kasallanishlan himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ishlab chiqildi; muhim yoʻnalish — vilt qoʻzgʻatuvchi toksinlar kimyosi va biokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazildi. Gʻoʻza bargidan limon va olma kislotalari ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar ishlab chiqarish chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli bilan itakon kislota olindi, dorivor moddalar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim boʻlgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi bilan organizmdagi funksiyasi oʻrtasidagi bogʻlanish chuqur oʻrganildi, eukariotlar toʻqimalari genomining kooperativ aktivatsion modeli taklif etildi. S. darslik ("Organik ximiya", hamkorlikda, T., 1971; "Organik ximiyadan praktikum", hamkorlikda, T., 1973), oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy va ommabop kitoblar muallifi, ilmfan tashkilotchisi. Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1972—84). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga O. S. Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249-maktab, Sobir Rahimov tumanidagi mahalla, Shayxontohur tumanidagi koʻchalardan biri ham S. nomi bilan ataladi.[1][2]

  1. * Sintez organicheskix preparatov piridinovogo ryada (v soavtorstve), T., 1974; Alkaloidi xinolizidinovogo ryada (v soavtorstve), M., 1975; Xolinesterazi. Aktivniy sentr i mexanizm deystviya (v soavtorstve), T., 1976; Induktori interferona (v soavtorstve), T., 1978; Xlopchatnik — chudo rasteniye, M., 1985.
  2. * Abid Sadikovich Sadikov. Biobibliografiya, T., 1989; Vol kov V. A., Vonskiy Ye. V., Kuznetsova G. I., Vidayushiyesya ximiki mira M., 1991.