Abram Lvovich Brodskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Brodskiy Abram Lvovich (18821943) — zoolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1936), biol. fanlari doktori (1937), professor (1919). Oʻrta Osiyo davlat universiteti rektori (1921—26), umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1920—43). B.ning ilmiy ishlari protozoologiyaga bagʻishlangan. U tuprokda yashovchi organizmlarni tekshirish va ularning tuproq uchun ahamiyatiga doyr masalalar bilan ham shugʻullanib, Oʻrta Osiyoda pedozoologiya (tuproq hayvonlarini oʻrganuvchi fan)ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil