Azimboy Saʼdullayev
Azimboy Saʼdullayev | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
9-yanvar 1947-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
28-may 2025-yil (78 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | matematik olim |
Sohasi | matematika |
Ish joylari | Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | akademik |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
- Vikipediyada ismi Azimboy va familiyasi Saʼdullayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azimboy Saʼdullayevich Saʼdullayev (1947-yil 9-yanvar, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2025-yil 28-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvarda Shovot tumanida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan[1][2][3][4]. 1952—1963-yillarda Shovot tumanidagi oʻrta maktabni tamomgan. 1963—1966-yillarda Toshkent davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqigan. 1966-yilda Azimboy Saʼdullayev oʻqishini Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga koʻchirgan[1]. Oʻqishini u yerga koʻchirishni akademiklar T. A. Sarimsoqov va S. H. Sirojiddinovlar maslahat berishgan. 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan[2], 1969—1972-yillarda Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan.
1972-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Kanonik ko‘paytma va analitik to‘plamlar“ (ruscha: „Каноническое произведение и аналитические множества“, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun „Kompleks potensial nazariyasi va uning qo‘llanilishi“ (ruscha: „Комплексная теория потенциала и её применения“) mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan[5]. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan, 1995-yilda esa akademiyaning akademigi etib saylangan[3].
1972—1978-yillarda Toshkent davlat universiteti matematik analiz kafedrasining katta oʻqituvchisi, dotsent, 1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutining katta ilmiy xodimi, 1983—1992-yillarda matematik analiz kafedrasining mudiri, 1985—1992-yillarda matematika fakultetining dekani boʻlib ishlagan.
1992-yilda Azimboy Saʼdullayev Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan. Ushbu vazifada 2007-yilgacha ishlagan[2]. Aynan uning harakati bilan institut univeristet maqomini oladi[6]. 1997—2007-yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasi rais sifatida faoliyat olib borgan[7]. 2007—2012-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012—2017-yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlagan[2]. 2017—2025-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri boʻlgan[2]. Azimboy Saʼdullayev 2025-yil 28-may kuni 78 yoshida vafot etgan[8][9][10][11].
Azimboy Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1994-yilda I chaqiriq, 1999-yilda esa Xorazm viloyati 206-Ichan qaʼla okrugidan II chaqiriq[12] deputati (1994—1999, 1999—2004) etib saylangan[2][6]. 2004—2009-yillarda xalq deputatlar Xorazm viloyati kengashi deputati boʻlgan[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azimboy Saʼdullayevning ilmiy faoliyati matematika fanidagi „Koʻp kompleksli oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi“ va „Kompleks potensiallar nazariyasi“ga oid boʻlgan[4][13]. Azimboy Saʼdullayevning amerikalik olimlar bilan birga kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratishgan[5][3]. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan.
Fundamental ishlarining bir qanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. Azimboy Saʼdullayev 15 ta monografiya[10] va 6 ta darsliklar, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi[6]. Azimboy Saʼdullayev AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarga davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Oʻzbekiston Faxriy yorligʻi, 2000-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2020-yilda esa Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Аzimboy Sadullaevich Sadullaev“. kary-niyazov.uz (2023-yil 27-iyul). 2025-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „АЗИМБОЙ САДУЛЛАЕВ 70 ОЛИМ, УСТОЗ, ДЎСТ“. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik“. president.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi“. kun.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ 5,0 5,1 „Академик Азимбой Садуллаевич Садуллаев“. mathnet.uz. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „AKADEMIK AZIMBOY SADULLAEVICH SADULLAEV, 75 YOSHGA TO‘LDI“. nuu.uz. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Matematik olim Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi“. gazeta.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ Mansurbek Jabborov. „Taniqli matematik olim Azimboy Saʼdullayev vafot etdi“. yuz.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ „Академик, таниқли математик Азимбой Саъдуллаев 78 ёшида вафот этди“. xabar.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ 10,0 10,1 „Prezident akademik Azimboy Sa’dullayev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi“. kun.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ „Matematik olim Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi“. oyina.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ „САДУЛЛАЕВ Азимбой“. centrasia.org.
- ↑ „Академик Азимбой Саъдуллаев вафот этди“. ishonch.uz (2025-yil 28-may). 2025-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2020-yil 28-avgust). 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 28-may.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliy matematika asoslari, T., 1998; Matematik analizdan misol va masalalar toʻplami, T., 2000.
- 9-yanvarda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Shovot tumanida tugʻilganlar
- 28-mayda vafot etganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston matematiklari
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchilari