Shavkat Ayupov
Shavkat Ayupov | |
---|---|
Tavalludi |
14-sentyabr 1952-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston[1] |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Shavkat Abdullayevich Ayupov (1952.14.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), fizika-mat, fanlari doktori (1983), professor (1985). A. T. Lyulovning oʻgʻli. Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi (1977-79) va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-yildan), direktor oʻrinbosari (1986 — 92), direktor (1992-97). 1997-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan opera-torlar algebralari nazariyasiga oid. A. Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik i. tlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi oʻz-oʻziga qoʻshma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi boʻyicha muhim natijalar oldi.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() ![]() |
- 14-sentyabrda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Matematiklar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari