Turbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Turbo (film)dan yoʻnaltirildi)
Turbo
Turbo

Film posteri
Rejissyor(lar) David Soren
Prodyuser(lar) Lisa Stewart
Ssenariynavis(lar) David Soren
Robert Siegel
Darren Lemke
Hikoya David Soren
Rollarda Ryan Reynolds
Paul Giamatti
Michael Peña
Snoop Dogg
Maya Rudolph
Michelle Rodriguez
Samuel L. Jackson
Bastakor(lar) Henry Jackman
Kinematografiya Chris Stover
Muharrir(lar) James Ryan[1]
Studiya(lar) DreamWorks Animation
Distribyutor 20th Century Fox[2]
Chiqarilgan sanasi
  • 24-iyun, 2013-yil(2013-06-24) (Barselona)
  • 17-iyul, 2013-yil(2013-07-17) (AQSh)
Davomiyligi 96 daqiqa[1][3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $127 million[4]
Daromadi $282,6 million[5]

Turbo 2013-yilda katta ekranlarga chiqqan, DreamWorks Animation mahsuloti boʻlgan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan komedik janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Ryan Reynolds, Paul Giamatti, Michael Peña, Snoop Dogg, Maya Rudolph, Michelle Rodriguez va Samuel L. Jackson kirishadi.[6]

Film $127 millionlik budjeti bilan umumjahon boʻylab $282.5 million daromad qildi. Shuningdek, film asosida Turbo Fast animatsion teleseriali ham ishlandi[7] va bu multserial ilk bor Netflix orqali 24-dekabr 2013-yilda efirga uzatildi.[8]

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Turbo haqida 114 maqola yigʻilib, ulardan 67 foizi filmni ijobiy baholaydi.[9]

Film animator Nicholas Sanger Hoppega bagʻishlangan, u film chiqarilishidan avval miya saratoni tufayli vafot etgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Los Angeles shtatining Van Nuys shahridagi bir pomidor bogʻidagi Theo (talaffuzi: Teo; oʻzini „Turbo“ deb ataydi) dunyodagi eng yaxshi poygachi boʻlishni orzu qiladigan bir bogʻ shilliqurtidir, uning qahramoni — Indy 500 chempionati besh karra gʻolibi Guy Gagné boʻlgan. Biroq, u tezlik bilan band boʻlgan xayoli bilan boshqa sekin harakatlanuvchi va ehtiyotkor shilliqurtlar hamjamiyatidan ajralib turardi va buning ortidan doimo akasi Chetni xijolatga qoʻyardi. Kechalarning birida, Theo yulduzni koʻrish uchun avtostradaga yoʻl oladi, keyinchalik uning samolyot ekanligini biladi. Keyinchalik, uning DNKsi tasodifan Chevrolet Camaro drag-reyser superchargeri bilan birlashadi. Bu kunisiga ertalab, u supertezlik va baʼzi haqiqiy mashina xarakteristikasiga ega boʻlib uygʻonadi. Biroq, uning yangi qudratini sinab koʻrishga boʻlgan birinchi urinishi, bir bolaning uch oyoqli velosipedini shilliqurtlar yashaydigan bogʻga urib yuborishi bilan tugaydi, natijada u va akasi Chet bogʻ jamoasidan chetlatiladi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Premyera sanasi
AQSH bayrogʻi AQSh 17-iyul 2013-yil
Italiya bayrogʻi Italiya 19-avgust 2013-yil
Olmoniya bayrogʻi Germaniya 3-oktabr 2013-yil
Daniya bayrogʻi Daniya 10-oktabr 2013-yil
Fransiya bayrogʻi Fransiya 16-oktabr 2013-yil
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 17-oktabr 2013-yil
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 18-oktabr 2013-yil
Manba: IMDb.com

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turbo: Music from the Motion Picture
Henry Jackman saundtreki
Chiqarilgan sanasi 16-iyul 2013-yil
Yozib olingan sanasi 2013
Janr Film musiqasi
Davomiyligi 59:38
87:26 (deluks)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Leybl Relativity Music Group
Henry Jackman xronologiyasi
This Is the End
(2013)
Turbo: Music from the Motion Picture
(2013)
Birinchi qasoskor: Qish askari
(2014)

Turbo: Music from the Motion Picture bu filmning saundtrekidir. Film uchun Henry Jackman tomonidan bastalangan ushbu saundtrek 16-iyul 2013-yilda Relativity Music Group shirkati tomonidan chiqarilgan.[16][17] Saundtrek deluks versiyasida chiqarilganida, qoʻshimcha yana 11 ta qoʻshiqni oʻz ichiga olgan.[18][19] Snoop Dogg filmdagi Smoove Move qahramoniga ovoz bergan boʻlib, film saundtrekiga ham oʻz hissasini qoʻshadi, jumladan „Let the Bass Go“ ashulasini ijro etgan.[20]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Debruge, Peter. „Film Review: ʻTurbo’“ (10-iyul 2013-yil). Qaraldi: 10-iyul 2013-yil.
  2. Finke, Nikki. „EXCLUSIVE: DreamWorks Animation To Fox For New 5-Year Distribution Deal; UPDATE: Paying Fees Of 8% Theatrical And 6% Digital“ (20-avgust 2012-yil). Qaraldi: 21-avgust 2012-yil.
  3. TURBO (U)“ (deadlink). British Board of Film Classification (12-iyul 2013-yil). 13-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2013-yil.
  4. Schwartzel, Erich. „DreamWorks Animation Earnings: A Good Showing“ (31-iyul 2013-yil). Qaraldi: 31-avgust 2015-yil. „DreamWorks' final production budget for "Turbo" was $127 million. A previous version of this article put the budget at $135 million.“.
  5. „Turbo (2013)“. Box Office Mojo (8-fevral 2013-yil). 7-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
  6. „Dreamworks Animation is Off to the Races with High-Octane Cast for Turbo In 2013“ (24-fevral 2012-yil). 20-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2021-yil.
  7. Zahed, Ramin. „'Turbo FAST' Poised to Win the Race on Netflix“ (19-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2013-yil.
  8. „Netflix And DreamWorks Animation Launch First Ever Netflix Original Series for Kids“ (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  9. „Turbo (2013)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 24-iyul 2021-yil.
  10. McNary, Dave. „'Leafmen,' 'Turbo' set for 2013 debut“ (29-iyul 2011-yil). Qaraldi: 8-fevral 2012-yil.
  11. 11,0 11,1 Trumbore, Dave. „DreamWorks Presents Sneak Peeks at THE CROODS, TURBO and MR. PEABODY & SHERMAN“ (4-dekabr 2012-yil). 7-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2012-yil.
  12. 12,00 12,01 12,02 12,03 12,04 12,05 12,06 12,07 12,08 12,09 12,10 12,11 Kit, Borys. „Paul Giamatti, Samuel L. Jackson Join DreamWorks Animation's 'Turbo' (Exclusive)“ (23-fevral 2012-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 Lesnick, Silas. „DreamWorks Animation Previews Its 2013 Slate“ (4-dekabr 2012-yil). 18-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2012-yil.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 Wloszczyn, Susan. „Sneak peek: 'Turbo' is escargot-a-go-go-go“ (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 27-mart 2013-yil.
  15. Cornet, Roth. „DreamWorks Animation Previews Mr. Peabody and Sherman, Turbo, and The Croods“ (6-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2012-yil.
  16. „'Turbo' Soundtrack Details“. Film Music Reporter. Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.
  17. „Soundtrack: Turbo: Music“. Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.
  18. „'Turbo' Deluxe Edition Soundtrack Announced“ (22-iyun 2013-yil). Qaraldi: 24-iyun 2013-yil.
  19. „Turbo (Music from the Motion Picture) (Deluxe Edition)“. iTunes. 2015-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2013-yil.
  20. Diehl, Matt. „Snoop Dogg Gets Animated in 'Let the Bass Go' - Song Premiere“ (10-iyun 2013-yil). 5-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]