Kung Fu Panda 4

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kung Fu Panda 4

Tizer posteri
Rejissyor(lar) Mike Mitchell
Prodyuser(lar) Rebecca Huntley
Rollarda
Bastakor(lar)
Muharrir(lar) Christopher Knights
Studiya(lar) DreamWorks Animation
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 7-mart, 2024-yil(2024-03-07) (Oʻzbekiston)
  • 8-mart, 2024-yil(2024-03-08) (AQSh)
Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $85 million
Daromadi $347,3 million

Kung Fu Panda 4 (inglizcha: Kung Fu Panda 4) – DreamWorks Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika-Xitoy kompyuter-animatsion filmi. Kung Fu Panda franshizasining toʻrtinchi toʻliq metrajli filmi, Kung Fu Panda 3 (2016) multfilmining davomi. Filmga Mike Mitchell rejissyorlik qilgan. Ushbu filmda ham Jack Black avvalgi filmlardagi Po qahramoniga ovoz beradi; unga Awkwafina qoʻshiladi. Film voqealariga koʻra Po Chjen ismli tulki bilan birlashib, oʻtmishdagi koʻplab yovuz odamlarni tiriltirgan „Buqalamun“ deb nomlanuvchi yovuz sehrgarga qarshi kurashadi.

2016-yil yanvar oyida uchinchi filmning rejissyorlari Jennifer Yuh Nelson va Alessandro Carloniga toʻrtinchi filmni ishlash imkoniyati haqida soʻrashgan, 2018-yil avgustida esa Nelson bunga doim xayrixoh ekanliklarini aytgan. Toʻrtinchi qism rasman 2022-yil avgustida, 2023-yil aprelida esa Mitchell, Ma Stein va Rebecca Huntleylar esa filmga mos ravishda rejissyor, hamrejissyor va prodyuser sifatida eʼlon qilingan edi.

Kung Fu Panda 4 premyerasi 2024-yil 7-martda Oʻzbekistonda, shu yilning 8-martida esa AQShda boʻlib oʻtadi.

Filmning Oʻzbekistonda namoyish qilinishi Warner Bros. kompaniyasining rasmiy vakili „Interfilm Uzbekistan“ tomonidan amalga oshirilgan[1].

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajdaho jangchisi unvonidan voz kechganidan keyin ruhiy yetakchiga aylanmoqchi boʻlgan ulkan panda[2].
Ilgari oʻgʻri boʻlgan va Poga sayohatida hamrohi korsak tulkisi[2].
Yovuz buqalamun jodugar, u boshqalarning qobiliyatlarini oʻzlashtirib, shaklini oʻzgartirib, hatto kung funi oʻzlashtirishi ham mumkin.
Qizil panda va Poning dono ustozi[2].
Poni asrab olgan gʻoz[2].
Poning biologik otasi[2].
Qor qoploni. Yovuz boʻlgunga qadar Shifuning shogirdi boʻlgan. U birinchi filmda Podan yengilgan, Buqalamun tomonidan Ruhlar olamidan qaytarilgan[2].
Oʻgʻrilar uyining rahbari boʻlgan sunda pangolini[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]