Kichkina xoʻjayin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kichkina xoʻjayin
The Boss Baby
The Boss Baby poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor Tom McGrath
Produser Ramsey Ann Naito
Ssenariynavis(lar) Michael McCullers
Rollarda
Sharhlovchi Tobey Maguire
Bastakor Hans Zimmer
Steve Mazzaro
Muharrir James Ryan
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
DreamWorks Animation
Distributor 20th Century Fox
Premyera
  • 12-mart, 2017-yil(2017-03-12)

(Mayami)

  • 31-mart, 2017-yil(2017-03-31)

(AQSh)

Davomiyligi 97 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $125 million[2]
Daromad $528 million[3]
Keyingi film The Boss Baby: Family Business

Kichkina xoʻjayin (inglizcha: The Boss Baby) 2017-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda DreamWorks Animation mahsuloti boʻlgan 3D formatidagi va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Film distributori 20th Century Fox hisoblanib, film rejissori Tom McGrath, shuningdek, bosh qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Alec Baldwin, Steve Buscemi, Jimmy Kimmel, Lisa Kudrow va Miles Bakshi kirishadi. Film bir bolaning kattalarning mehri uchun kechayotgan kichkintoylar va kuchukchalar oʻrtasidagi jangda maxfiy agent boʻlgan goʻdak ukasiga bergan yordami haqida hikoya qiladi.

Kichkina xoʻjayin filmi premyerasi Mayami xalqaro film festivalida 12-mart 2017-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 31-mart 2017-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $125 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $528 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, film Oscar, Annie va Oltin globus mukofotlarining „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod boʻlgan.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Kichkina xoʻjayin haqida 180 ta maqola yigʻilib, ulardan 53 foizi filmni ijobiy baholaydi.[4]

Bu filmdan soʻng, Netflix orqali tarqatilgan Katta xoʻjayin televizion animatsion seriali premyerasi 6-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, filmning sikveli boʻlmish The Boss Baby: Family Business 2-iyul 2021-yilda chiqarildi.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

7 yoshli xayolparast Timothy "Tim" Templeton ota-onasining unga nisbatan kuchli eʼtiboridan lazzatlanadi va yangi ukasi kelganida bundan dahshatga tushadi. Tim ukasi boʻlmish bu goʻdak taksida kelganiga guvoh boʻladi, u kostyum kiygan va galstuk taqqan boʻlib, portfel koʻtarib yuradi, ammo kattalar yonida oʻzini odatdagi chaqaloqlardek tutadi, yaʼni kecha-yu kunduz eʼtibor talab qiladi, qorni ochiqsa yoki tagligi toʻlib qolsa yigʻlaydi. Biroq, Tim bu goʻdak kattalar ovozida gapirayotganini va oʻzini kattalardek tutayotgani guvohi boʻladi.

Kunlarning birida, qoʻshnilar Templetonlar xonadonida yigʻilishadi va fursatdan foydalanib, goʻdak boshqa kichkintoylar va chaqaloqlar bilan yigʻilish oʻtkazadi. Timothy ularning ovozini kasseta tasmasiga yozib olishga harakat qiladi, biroq uni goʻdak va uning oshnalari koʻrib qolishib, taʼqib qilishadi. Goʻdaklarning ota-onalari esa buni shunchaki hovlida oʻynayotgan kichkintoylar deb oʻylashadi. Goʻdak Timning sevimli oʻyinchoqlaridan biriga zarar yetkazganida, Tim jahl ustida uni derazadan otib yubormoqchi boʻladi, lekin ota-onasi uni tpxtatib qoladi va u tasodifan goʻdakning ovozi yozib olingan kasseta tasmasini koʻchaga uloqtirib yuboradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Aktyor Oʻzbekcha dublyaj
Boss Baby Alec Baldwin
Francis E. Francis, Puppy Co. bosh direktori Steve Buscemi
Ted Templeton (ota) Jimmy Kimmel
Janice Templeton (ona) Lisa Kudrow
Katta Tim / Sharhlovchi Tobey Maguire
Timothy Leslie „Tim“ Templeton Miles Christopher Bakshi
Wizzie James McGrath
Eugene Francis Conrad Vernon
Staci ViviAnn Yee
Drillinge Eric Bell Jr.
Jimbo David Soren
Big Boss Baby Edie Mirman

Chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba: IMDb.com[5]

Mamlakat Premyera sanasi
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 23-mart 2017-yil
Fransiya bayrogʻi Fransiya 29-mart 2017-yil
Olmoniya bayrogʻi Germaniya 30-mart 2017-yil
AQSH bayrogʻi AQSh 31-mart 2017-yil
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 1-aprel 2017-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Boss Baby“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 9-mart 2017-yil.
  2. „The Boss Baby Tops Beauty and the Beast at Box Office for Second Week“. Screen Rant (9-aprel 2017-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
  3. „The Boss Baby (2017)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 29-aprel 2018-yil.
  4. „The Boss Baby (2017)“. Qaraldi: 2-Noyabr 2021-yil.
  5. „IMDb International Release Dates“. IMDb (2-Noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-Noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]