Birinchi qasoskor: Qish askari
Birinchi qasoskor: Qish askari | |
---|---|
Captain America: The Winter Soldier | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) | |
Qaysi asarga asoslangan | |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Henry Jackman |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
(El Capitan kinoteatri)
(AQSh) |
Davomiyligi | 136 daqiqa[1] |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $170–177 million[2][3] |
Daromadi | $714,4 million[2] |
Birinchi qasoskor: Qish askari (inglizcha: Captain America: The Winter Soldier) 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film Birinchi qasoskor (2011) filmi davomi hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning toʻqqizinchi toʻliq hajmli filmdir. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Robert Redford va Samuel L. Jackson kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor: Qish askari filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2014-yil 13-martda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Ikkinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 4-apreldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $714 million mablagʻ yigʻdi. Ushbu koʻrsatkich bilan kartina 2014-yilda ishlangan filmlar orasida yettinchi eng kassabop film boʻldi. Ushbu kartina davomi sanalmish Birinchi qasoskor: Qarshilik 2016-yilda chiqarildi.
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
New Yorkdagi urushdan ikki yil oʻtib, Steve Rogers Washingtondagi Q.A.L.Q.O.N. josuslik agentligida faoliyat yuritadi hamda zamonaviy jamiyatga moslashadi. Missiya davomida agent Natasha Romanoff va terrorizmga qarshi tashkilot sanalmish S.T.R.I.K.E. agenti Brock Rumlow boshchiligidagi guruh Q.A.L.Q.O.N. kemasida parvoz etishib, garovga olinganlarni ozod qilish uchun Georges Batroc boshchiligidagi qaroqchi kema tomon oshiqishdi. Bu orada, Rogers Romanoffning boshqa maqsadi borligini aniqlaydi, yaʼni bu maqsad kemadagi kompyuterlardan maʼlumotlarni olishdan iborat edi. Keyin guruh Triskelionga qaytadi, Rogers direktor Nick Furyga duch keladi va „Project Insight“ haqida koʻproq bilib oladi. Romanoff maʼlumotlarini aniqlay olmagan Fury Insight loyihasiga shubha bilan qaray boshladi hamda senior Q.A.L.Q.O.N. rasmiy va Milliy xavfsizlik kotibi Alexander Piercedan loyihani keyinga qoldirishni iltimos qiladi.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Chris Evans — Steve Rogers / Kapitan Amerika:
Qasoskor va II jahon urushi qatnashchisi, eksperimental sarum bilan insonning jismoniy darajasining eng yuksak darajasiga koʻtarilgan hamda hozirda 21-asrga moslashishga urinmoqda. - Scarlett Johansson — Natasha Romanoff / Qora beva:
Qasoskor va Q.A.L.Q.O.N. uchun ishlaydigan yuqori darajada tayyorlangan josus va qotil, keyinchalik Rogers bilan birlashgan. - Sebastian Stan — James Buchanan „Bucky“ Barnes / Winter Soldier:
Steve Rogersning bolalikdagi eng yaqin doʻsti - Anthony Mackie — Sam Wilson / Falcon:
AQSh havo kuchlarining sobiq parashyutchisi boʻlib, maxsus ishlab chiqilgan qanotlar toʻplami bilan harbiy havo janglarida mashq qilgan. - Cobie Smulders — Maria Hill:
Q.A.L.Q.O.N. agenti - Frank Grillo — Brock Rumlow
- Emily VanCamp — Sharon Carter / Agent 13:
Q.A.L.Q.O.N. agenti - Hayley Atwell — Peggy Carter:
Strategik ilmiy rezervning isteʼfodagi harbiy agenti va Q.A.L.Q.O.N. hamasoschisi. Steve Rogersning sobiq sevgilisi. - Robert Redford — Alexander Pierce
- Samuel L. Jackson — Nick Fury:
Q.A.L.Q.O.N. direktori
Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Treklar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Henry Jackman yaratgan.
№ | Nomi | Artist (lar) | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „Lemurian Star“ | 3:06 | |
2. | „Project Insight“ | 1:29 | |
3. | „The Smithsonian“ | 1:36 | |
4. | „An Old Friend“ | 3:05 | |
5. | „Fury“ | 4:07 | |
6. | „The Winter Soldier“ | 6:24 | |
7. | „Fallen“ | 2:51 | |
8. | „Alexander Pierce“ | 2:58 | |
9. | „Taking a Stand“ | 2:07 | |
10. | „Frozen in Time“ | 3:52 | |
11. | „Hydra“ | 6:46 | |
12. | „Natasha“ | 1:12 | |
13. | „The Causeway“ | 2:41 | |
14. | „Time to Suit Up“ | 2:05 | |
15. | „Into the Fray“ | 6:05 | |
16. | „Countdown“ | 4:26 | |
17. | „End of the Line“ | 2:51 | |
18. | „Captain America“ | 9:41 | |
19. | „It's Been a Long, Long Time“ (Jule Styne, Sammy Cahn) | Harry James va His Orchestra (Kitty Kallen bilan duet) | 3:23 |
20. | „Trouble Man“ (Gaye) | Marvin Gaye | 3:47 |
Jami davomiyligi: | 1:14:32 |
Sikvel[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Captain America: The Winter Soldier (2014)“. British Board of Film Classification. 29 martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14 mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Captain America: The Winter Soldier“. Box Office Mojo. IMDb. 19-yanvar, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral, 2021.
- ↑ 2014 Feature Film Study (Report). FilmL.A. Inc.. p. 17. https://www.filmla.com/wp-content/uploads/2017/10/2014_FeatureFilm_study_v10_WEB.pdf#page7. Qaraldi: 11-noyabr, 2017.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Birinchi qasoskor: Qish askari haqida turkum mavjud |