Ryan Reynolds
| Ryan Reynolds | |
|---|---|
|
Reynolds Deadpool 2 filmi jahon premyerasida (2018-yil) | |
| Tavalludi |
Ryan Rodney Reynolds 1976-yil 23-oktyabr Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1991—hozirgacha |
| Bolalari | 3 |
Ryan Rodney Reynolds (1976-yil 23-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va film produser. U oʻzining aktyorlik karyerasini Hillside (1991–1993) oʻsmirlar uchun seriali orqali boshlagan, oʻshandan soʻng turli xil kichik rollar bilan kifoyalangan va nihoyat Two Guys and a Girl nomli sitkomda 1998 - 2001-yillar oraligʻida bosh rolni oʻynagan. Reynolds shundan soʻng turli xil filmlarda rollar ijro etgan, xususan National Lampoon's Van Wilder (2002) kabi komediya, Waiting... (2005), va The Proposalfilmlari kabi. Bulardan tashqari u dramatik rollarda ham oʻzini sinab koʻrgan: Buried (2010), Woman in Gold (2015), va Life (2017), sarguzasht filmalarda: Blade: Trinity (2004), Green Lantern (2011), 6 Underground (2019), va Free Guy (2021) rol ijro etgan boʻlsa, The Croods film series (2013–2020), Turbo (2013), va Pokémon: Detective Pikachu (2019) kabi animatsion filmlarni ovozlashtirgan.
Reynoldsga moliyaviy tarafdan muvafaqqiyat olib kelgan kino 20th Century Fox ning X-Men filmlaridan Deadpool (2016) hamda Deadpool 2 (2018), boʻlib, ushbu kinolarda u title character qahramonini gavdalantiradi. Bu filmlar R-rated komediya sifatida namoyish etilganida muvaffaqiyatga erishdi va uning bu filmlarda ishtiroki Critics' Choice Movie Awards va Golden Globe Awards nominatsiyalarida gʻolib deb topildi.
Reynolds People' jurnali tomonidan 2010-yilda "Sexiest Man Alive" roʻyxatiga kiritilgan va 2017-yilda Hollywood Walk of Fame tomonidan yulduz bilan taqdirlangan. Tadbirkor sifatida, Mint Mobile da oʻz boshqaruv ulushiga ega va Uels football klubini ham sheriklik aosida boshqaradi- Wrexham A.F.C.; shu biznesi haqida Welcome to Wrexham deb nomlangan hujjatli film olingan. 2020-yilda, Reynolds Aviation Gin dagi ulushini Diageo ga $610 million evaziga sotadi [1]. U yana Match Group boshqaruv majlislarida ham qatnashadi[2].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ryan Rodney Reynolds 1976-yil 23-oktyabrda, Vancouver, British Columbia da tugʻilgan. U 4ta oʻgʻil farzandning eng kichigi . Uning otasi, James Chester Reynolds, Royal Canadian Mounted Police da xizmat qilgan va keyinchalik nafaqaga chiqqan shundan buyon u ovqat marketing sohasida ishlab keladi[3][4][5]. Onasi, Tamara Lee (née Stewart) ulgurji savdoda ishlagan[6][7]. Reynoldsning ikkala akasi ham British Columbiada qonunni himoya qilish sohasida ishlaydi, ikkalasidan biri RCMPga otasining kasbini davom ettirish uchun kirgan[8][9]. Uning ota tomondan bobosi, Chester Reynolds, fermer boʻlgan Albertadagi Stettler 1940-44-yillar davomida faoliyat olib borgan[10]. Reynoldsning ajdodlari Irlandiya va Shotlandiyaga borib taqaladi, Vancouverdagi Kitsilano mahallasida Rim katolik cherkovida tarbiylanadi[11][12].
Reynolds 13 yoshidan boshlab kino sohasida ijod qiladi. U Kitsilano oʻrta maktabini 1994-yilda bitirgan, u yerda aktyor Joshua Jackson bilan maktabdosh boʻlishgan[13][14].. Reynolds bir nechta Tv seriallarida kichik rollarni ijro etgan, ammo rol oʻynash fikridan qaytib Kwantlen Politexnika Universitetida oʻqish uchun rol oʻynash karyerasini toʻxtatgan. Bir necha oy oʻtib u Chris William Martinni uchratib qoladi, u Reynoldsni fikridan qaytishiga va u bilan Los Angelesga koʻchib oʻtishiga koʻndiradi[15][16].
Reynolds 2008-yilda Scarlett Johansson bilan turmush qurgan va 2011-yilda ajrashishgan. U 2012-yilda Blake Lively bilan turmush qurdi hamda hozirga qadar uch farzandning otasi sanaladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ryan Reynolds Sells His Gin Brand in $610 Million Deal“ (en-US) (2020-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ Weprin, Alex „Ryan Reynolds, Wendi Murdoch Join Board of Match, Tinder Parent Company“ (en-US). The Hollywood Reporter (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ „Ryan Reynolds bio“. Tribute Entertainment Media Group. 2009-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-mart.
- ↑ „Ryan Reynolds remembers late father with touching photo tribute“ (2015-yil 28-oktyabr). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ryan Reynolds' father dies at 74“. USA Today (2015-yil 28-oktyabr). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Weddings Reynolds – Stewart“ (1964-yil 13-aprel). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ „Births & Deaths STEWART Peggy“ (2000-yil 12-sentyabr). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ „About Ryan Reynolds“. 2008-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-may.
- ↑ „Ryan Reynolds almost copped it“. The Sydney Morning Herald. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
- ↑ Wallis, Adam „Ryan Reynolds thanks Global Edmonton's Gord Steinke for showing him old photo of grandfather“. Global News (2020-yil 3-mart). Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
- ↑ Posner, Michael „Ryan Reynolds' Disappearing Act“. enRoute (Air Canada's inflight magazine) (2007-yil 1-sentyabr). — „Reynolds grew up in an Irish-Catholic household in the Vancouver neighbourhood of Kitsilano. As a child, he went to church regularly“. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
- ↑ „Ryan Reynolds“. 2012-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
- ↑ {{Reynolds has been involved in acting since age thirteen. He graduated from Kitsilano Secondary School in 1994, which he attended with actor Joshua Jackson
- ↑ „Best Kisser On 'Dawson's Creek'? Katie Holmes Won't Tell (But Ryan Reynolds Will)“. ET Canada (2016-yil 18-fevral). 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „Ryan Reynolds Biography“. Yahoo! Movies. 2011-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-may.
- ↑ MacIntosh, Andrew; Williams, Paul „Ryan Reynolds“ (2012-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Ryan Reynolds“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Aktyor yoki aktrisa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 23-oktyabrda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Amerikalik erkak ovoz aktyorlari
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik filantroplar
- Kanadalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak bola aktyorlar
- Amerikalik kinoprodyuserlar